Korrupsiyaga haqida maxsus aloqa kanallari orqali xabar bering
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB korrupsiyaga murosasiz munosabatda boʻlib, uning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha doimiy ravishda choralar koʻrib kelmoqda. Bank tizimi shaffoflik, adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslanadi va bu har bir xodimning eng muhim majburiyatidir.
Korrupsiya o'ta xavfli jinoyat sifatida insonning hayoti, sog'lig'i, mulkiga hamda jamiyatga juda katta xavf tug'diradi.
Korrupsiya nafaqat iqtisodiyotga, balki jamiyatning maʼnaviy asoslariga ham jiddiy ziyon yetkazuvchi, oʻta xavfli illatdir. U insonning hayoti, sogʻligʻi, mulkiga tahdid solib, adolat va qonuniylik tamoyillarini buzadi. Korrupsiya jamiyatning rivojlanishiga toʻsqinlik qilib, ishonchsizlik va norozilik muhitini yaratadi.
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Keling, ushbu illatni bartaraf etishda birgalikda harakat qilaylik. Agar Siz bank xodimlarining korrupsiyaga oid harakatlarga yoki bank xizmatlarini ishlatishda ortiqcha byurokratik to'siqlarga (chegaralarini buzish) duch kelsangiz, yoki bu kabi holatlarni ko’rgan bo’lsangiz, iltimos, bankning quyidagi maxsus aloqa kanallari orqali murojaat eting:
Ishonch telefoni +998781505995
Sizning xabaringiz biz uchun juda muhim! Biz har bir murojaatni diqqat bilan oʻrganib chiqamiz va tegishli choralar koʻramiz.
Shaxsingizga oid maʼlumotlarning sir saqlanishi "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan toʻliq kafolatlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz!
Komplaens nazorat departamenti
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.