Biznesni Rivojlantirish Mikromoliya Tashkiloti
Tezkor moliya — muvaffaqiyatli start

Biz haqimizda
Biznesni rivojlantirish mikromoliya tashkiloti - mamlakatimizda tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shish, kichik va o'rta biznes subyektlariga zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan ixtisoslashgan moliya instituti.
Faoliyatimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PQ-364-sonli qarori ijrosi doirasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2025-yil 10-fevralda 127-son bilan mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritilgan. Barcha amaliyotlar qonunchilik va me'yoriy hujjatlarga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.




Bu sizning moliyaviy xotirjamligingiz garovidir.

Xizmat va mahsulotlarimiz
Biz mijozlarimizning turli maqsad va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan quyidagi moliyaviy mahsulotlarni taklif etamiz
Maksimal miqdor: 50 000 000 so‘m
Qarz oluvchi toifasi: Rasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar
Kreditlash muddati: 36 oygacha
Foiz stavkasi: Yillik 45%
Ta’minot turi: kafillik yoki, sug‘urta polisi
Maksimal miqdor: 100 000 000 so‘m
Qarz oluvchi toifasi: Jismoniy shaxslar
Kreditlash muddati: 60 oygacha
Foiz stavkasi: Yillik 45%
Ta’minot turi: Ko‘chmas mulk, transport vositasi, tilla buyumlar
Maksimal miqdor: 300 000 000 so‘m
Qarz oluvchi toifasi: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar
Kreditlash muddati: 60 oygacha
Foiz stavkasi: Yillik 45%
Ta’minot turi: Ko‘chmas mulk, transport vositasi, tilla buyumlar
Savollaringizga javoblar tayyor!
Mikromoliya tashkilotining oddiy bankdan nima farqi bor?
Mikromoliya tashkilotining bankdan asosiy farqi kredit ajratish jarayonining tezkorligi va soddalashtirilganligidadir. Bizda kamroq hujjat talab qilinadi va arizalar qisqa muddatda ko‘rib chiqiladi. Bu, ayniqsa, shoshilinch moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lganlar uchun katta qulaylikdir.
Sizning xizmatlaringiz faqat Toshkent shahridami yoki viloyatlarda ham mavjudmi?
Hozirda bosh ofisimiz Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda. Mijozlarimizga yanada yaqinroq bo‘lish maqsadida joriy yil yakuniga qadar respublikamizning boshqa viloyatlarida ham filiallarimizni ochishni rejalashtirganmiz. Yangiliklarni saytimiz va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Yuridik shaxslar (MChJ, XK) ham sizlardan moliya jalb qila oladimi?
Albatta. Biz nafaqat jismoniy shaxslar va YATTlar, balki mas'uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) va xususiy korxonalar (XK) kabi yuridik shaxslar uchun ham mikrokreditlar taqdim etamiz. Biznesingizni kengaytirish uchun bizga murojaat qiling.
Birinchi marta kredit olayotgan, tajribasi yo'q tadbirkorga qanday yondashasiz?
Biz har bir mijozga, ayniqsa, tadbirkorlikda ilk qadamlarini qo'yayotganlarga individual yondashamiz. Mutaxassislarimiz sizga barcha mahsulotlarimiz haqida batafsil ma'lumot beradi, shartlarni tushuntiradi va sizning maqsadingizga eng mos moliyaviy yechimni tanlashda yaqindan yordam beradi.
Bog'lanish uchun ma'lumotlar
Ish tartibi: Dushanba – Juma, 9:00 dan 18:00 gacha.
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Laylitoʻgʻon ko'chasi, 266A-uy
