Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

ESKROU hisobraqami
orqali xavfsiz hisob-kitob

Mablag‘ bankda saqlanadi va bitim tasdiqlangach sotuvchiga o‘tkaziladi

himoya
kafolat
nazorat

Bu qanday ishlaydi?

Hisob ochish va to‘lov

Ariza berasiz va bankda maxsus hisob ochiladi. Mablag‘ni (shaxsiy, kredit yoki uchinchi shaxs orqali) kiritasiz

Bank himoyasi

Pulingiz bankda xavfsiz bloklanadi. Bitim to‘liq tasdiqlanmaguncha, mablag‘ga hech kim (hatto sotuvchi ham) tegina olmaydi

Bitim va yakuniy o‘tkazma

Notarius bitimni tasdiqlashi bilan bank avtomatik ravishda pulni sotuvchiga o‘tkazadi. Hammasi tez va xavfsiz

Eskrou hisobraqami o'zi nima?

Eskrou — bu bitim yakunlanguncha pulingizni bankda xavfsiz saqlaydigan hisobvaraqdir.
Bitim tasdiqlansa — pul sotuvchiga o‘tadi, aks holda — o‘zingizga qaytadi

Hisob-kitoblarning huquqiy asosi

ESKROU hisobraqami bo‘yicha tartib Adliya vazirligi va Markaziy bankning 2026-yil 16-martda 3790-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizomi asosida amalga oshiriladi. Mazkur nizom 2026-yil 1-apreldan kuchga kirgan

Eskrou hisobraqamini ochuvchi shaxslar

ESKROU hisobraqami xaridorning arizasi asosida ochiladi. Zarur hollarda hisobraqam xaridorning ishonchli vakili tomonidan ham ochilishi mumkin  

Bank komissiyasi

ESKROU hisobraqamini ochish va unga xizmat ko‘rsatish uchun bank tariflariga muvofiq komissiya undiriladi. Mazkur to‘lov asosiy summadan alohida, hisobraqam ochilayotgan paytda to‘lanadi

Mablag‘larni qaytarish tartibi

Notarial shartnoma tasdiqlanmagan yoki belgilangan muddatda tasdiqnoma kelib tushmagan hollarda mablag‘ belgilangan tartibda qaytariladi

Muhim shartlar

Bank taqdim etilgan hujjatlarni formal belgilariga ko‘ra tekshiradi hamda mablag‘larni belgilangan tartibda o‘tkazadi. Bank bitim obyektining holati yoki yashirin nuqsonlari uchun javobgar hisoblanmaydi

Oferta shartnomasi 106.70 KB pdf

Ko'p so'raladigan savollar

Eskrou hisobraqami nima?

Bu xaridor pulini vaqtincha saqlash uchun ochiladigan maxsus bank hisobvarag‘i. 



Bir bitim uchun nechta eskrou hisobraqami ochiladi?

Bitta oldi-sotdi shartnomasi uchun faqat bitta eskrou hisobraqami ochiladi.  

Pulni qism-qism kiritish mumkinmi?

Ha. Ayrim hollarda bo‘nak yoki bosqichma-bosqich moliyalashtirish shaklida mablag‘ kiritish mumkin

Mablag‘ qaysi manbalardan kiritilishi mumkin?

Shaxsiy mablag‘, kredit mablag‘i yoki vakolat asosidagi uchinchi shaxs mablag‘i hisobidan kiritilishi mumkin.  

Bitim amalga oshmasa pul qaytariladimi?

Ha. Belgilangan shartlarga ko‘ra, xaridor yoki uning vakili murojaat qilsa, mablag‘ qaytariladi.  

Komissiya qaytariladimi?

Yo‘q. Bitim bekor qilingan yoki amalga oshmagan taqdirda, hisobvaraq ochish va saqlash uchun olingan komissiya qaytarilmaydi.  

Bank mulkning holati uchun javob beradimi?

Yo‘q. Bank faqat hisob-kitob jarayoniga xizmat ko‘rsatadi va hujjatlarni tashqi belgilariga ko‘ra tekshiradi.  

Ariza qoldirish

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.