Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Islomiy moliyalashtirish "Murabaha"

Asosiy vositalar, xomashyo va tovarlar sotib olish uchun islomiy moliyalashtirish imkoniyati

Ustama haqi

~11,3%( o'zgaruvchan)

Muddati

60 oygacha

Miqdori

3 mln. dollargacha

Biznes qadriyatlar bilan boshlanadi. Moliya esa Murabaha bilan

Murabaha – bu shunchaki moliyalashtirish emas. Bu – Islomiy moliya tamoyillariga asoslangan, biznesingiz o‘sishi uchun yaratilgan adolatli va shaffof yechim.

Nima uchun bu qulay?

  • Pul oqimini prognoz qilish oson: Xarajatlar boshidanoq ma'lum. Kutilmagan foizlar yo‘q.

  • Moliyaviy yukni optimal taqsimlaysiz: To‘lovlar sizning imkoniyatingizga qarab belgilanadi.

  • O‘sishga to‘siq bo‘ladigan “mayda harf”lar yo‘q: Barcha shartlar ochiq va tushunarli.

  • Hamkorlik: Biz sizga foiz evaziga qarz bermaymiz, maqsadlaringizga erishishda hamkor bo‘lamiz.

Mikro biznesdan “chempion”largacha – har bir tadbirkor o‘z pul oqimini xotirjam boshqarishi, moliyaviy yukni to‘g‘ri taqsimlashi va biznesini ishonch bilan kengaytirishi mumkin.

Mahsulot turi

Islomiy moliyalashtirish

Mijozlar segmenti

Mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda “chempion” toifasidagi tadbirkorlik subyektlari

Mahsulot maqsadi

Asosiy vositalar, xomashyo va tovarlar xaridi, shuningdek qurilish uchun investitsion loyihalarni moliyalashtirish

Mahsulot valyutasi

Xorijiy valyutada (AQSH dollari)

*Qarz mablag‘lari xorijiy valyutadan milliy valyutaga konvertatsiya qilinib, yetkazib beruvchiga to‘lov amalga oshiriladi. Qarz hisobi xorijiy valyutada yuritiladi

Mahsulot muddati

  • Asosiy vositalar uchun – 60 oygacha

  • Xomashyo va tovarlar uchun – 36 oygacha

Imtiyozli davr

6 oygacha

Mahsulot miqdori

  • 1 mln. AQSH dollarigacha – tadbirkorlik subyektlariga

  • 3 mln. AQSH dollarigacha – PF-50 Farmonda nazarda tutilgan “chempion” tadbirkorlarga

Ustama haqi (markup) (yillik)

O'zgaruvchan (ITB ustamasi +0,5%+5%)

Mahsulot ajratish shakli

Yetkazib beruvchining bank hisobraqamiga oldindan pul o‘tkazish yo‘li orqali

Mahsulot liniyasi

Yopiq liniyasi orqali

Ta'minot/kafillik summasi

Murabaha muddatiga qarab moliyalashtirish summasining kamida 125%-140% miqdorida

1.

“BRB” tizimida mijozning asosiy va/yoki ikkilamchi hisobraqami bo‘lishi lozim

2.

Tashkil topganiga kamida 12 oy hamda faoliyati bo’yicha uzluksiz pul tushumlariga ega bo’lishi

3.

Qarz oluvchi kredit yuklamasi 50 foizdan ko‘p bo‘lmasligi

4.

Ustav fondi ta’sischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi

5.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi

6.

O’z aylanma mablag’lari mavjudligi ko’rsatkichi manfiy bo’lmasligi lozim

7.

BRB tizimida 2-sonli kartoteka qarzdorligi bo‘lmasligi

8.

Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi

9.

Murabahaga qoʻshimcha taʼminot sifatida korxona taʼsischilarining shaxsiy kafilliklarini taqdim etish

10.

Murobaha tamoyili asosida moliyalash shartnomasini taqdim etish

1.

Ariza

2.

Oldi-sotdi shartnomasi loyihasi hamda ushbu shartnomaning shariat mezonlariga muvofiqligi bo’yicha islom moliyasi bo`yicha maslahatchi/tashkilot xulosasi

3.

Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi

4.

Murabaha mablag‘lari hisobidan sotib olinishi rejalashtirilgan bino-inshoot kadastr hujjati

5.

Agar boshqa bankda hisob raqami mavjud bo’lsa, boshqa banklardagi oxirgi 12 oylik hisobraqam aylanmasi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma va aylanmasining elektron shakli

6.

Potensial Subloyiha tashabbuskorining muvofiqligini oʻz-oʻzini baholash shakli

Onlayn arizani qoldiring

1
Tashkilot ma'lumotlari
2
Vakilning ma'lumotlari
Viloyatni tanlang dropdown arrow
Ta'minotni tanlang dropdown arrow

Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!

Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.

Ko'p beriladigan savollar

1. Murabaha nima o‘zi?

Murabaha – bu islomiy moliyalashtirish turi bo‘lib, unda bank tovar yoki uskunani o‘zi sotib oladi va mijozga ustama qo‘shilgan narxda bo‘lib-bo‘lib sotadi. Mijozga oldindan umumiy summa va to‘lov grafigi aniq ko‘rsatiladi.

2. Murabaha oddiy kreditdan nimasi bilan farq qiladi?

Oddiy kreditda bank pul beradi, mijoz o‘zi tovar sotib oladi va foiz bilan qaytaradi. Murabahada esa bank tovarni o‘zi xarid qiladi, mulk huquqini vaqtincha o‘zida ushlab turadi va keyin mijozga savdo shaklida sotadi. Mijoz qancha, qachon va nima uchun to‘lashini shartnoma imzolanishidan oldin biladi.

3. Mijoz uchun Murabahaning asosiy afzalligi nimada?

Mijoz boshidan to‘lanadigan umumiy summani, ustamani va to‘lov jadvalini aniq biladi; bitim real tovarga bog‘langan bo‘lgani uchun rejalashtirish va xatarlarni boshqarish osonlashadi.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.