Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Bank kafolati

Kafolatning barcha turlari: avans to'lovini qaytarish, tenderda ishtirok etish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash

Yetarlicha moliya

Davlat xaridlari uchun 100 mlrd.so‘mgacha, 12 oygacha muddat

Soddalashtirilgan ariza

Hujjatlarni topshiring— rasmiylashtirishda ko‘maklashamiz

Erkin tanlov

Milliy va xorijiy valyutada oling

Bank kafolatini olish oson

Onlayn ariza bering

Kerakli hujjatlarni biriktiring va dastlabki arizani yuboring

Ariza holatini kuzating

Jarayonni istalgan vaqtda onlayn tekshiring

Bank qarorini oling

Kafolatni bankka bormasdan oling

Savollaringiz bormi?

Bank kafolati qanday holatlarda zarur bo'ladi?

Bank kafolati turli xil tijorat va shartnoma munosabatlarida, masalan, tender savdolarida ishtirok etishni ta'minlash, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash, avans to'lovlarini qaytarishni ta'minlash, bojxona to'lovlarini kechiktirish yoki import tovarlarni rasmiylashtirishda zarur bo'ladi. U tomonlar o'rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi va moliyaviy xatarlarni kamaytiradi.


Bank kafolatida qanday tomonlar ishtirok etadi va ularning vazifalari qanday?

Bank kafolatida uchta asosiy tomon ishtirok etadi:

  • Kafil (Bank): Kafolatni beruvchi va prinsipal majburiyatini bajarmasa, benefitsiarga pul to‘lashni o‘z zimmasiga oluvchi bank.

  • Prinsipal: Bankdan kafolat olish uchun murojaat qilgan shaxs yoki tashkilot bo‘lib, uning benefitsiar oldidagi majburiyatlari bank tomonidan kafolatlanadi.

  • Benefitsiar: Prinsipalning kreditori bo‘lib, bank kafolati bo‘yicha pul olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.

Bank kafolatini olish uchun qanday shartlar va hujjatlar talab etiladi?

Bank kafolatini olish uchun mijoz (prinsipal) bank bilan shartnoma tuzadi. Odatda, prinsipalning moliyaviy holati (zarar ko‘rib ishlamasligi, muddati o‘tgan qarzlari yo‘qligi), ijobiy kredit tarixi va auditorlik xulosasi ijobiy bo‘lishi lozim. Talab etiladigan hujjatlar orasida kafolat buyurtmasi (ariza), ta’sis hujjatlari nusxasi, moliyaviy hisobotlar, biznes-reja va ba'zi hollarda ta'minot (garov, depozit va boshqalar) hujjatlari bo'lishi mumkin.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.