Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)
– Javoblaringiz shu yerda!

Maqsadi
• Foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlashi: Tez-tez beriladigan savollar va ularning javoblari orqali foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli texnik yordamni tez va samarali tarzda olishlari.
• Muammolarni bartaraf etish: Saytdan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik muammolarni aniqlash va ularni yechish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berish.
• Sayt interfeysi va funksiyalarini tushuntirish: Saytning asosiy interfeysi, menyu va funktsional imkoniyatlaridan qanday foydalanishni batafsil tushuntirish.
Foydalanish tartibi
Bosqichma-bosqich Yo‘riqnoma: Har bir savol uchun bosqichma-bosqich qo‘llanma va yechim tavsiflangan, shuningdek, foydalanuvchi muammosiga aniq javob topishda yordam beruvchi maslahatlar berilgan.
Qo‘shimcha Yordam: Agar FAQ bo‘limida qidirilayotgan javob topilmasa, foydalanuvchilar qo‘shimcha texnik yordam so‘rash uchun maxsus aloqa shaklidan foydalanishlari mumkin.
Biznesingiz rivoji uchun ishonchli moliyaviy yechimlar!
Biznesingizni kengaytirish va samarali boshqarish uchun turli moliyaviy xizmatlarni taklif etamiz. Tadbirkorlik krediti, korporativ kartalar, jamg‘arma va hisob raqam xizmatlari, xalqaro to‘lov tizimlari, hamda bank kafolatlari orqali moliyaviy jarayonlaringizni osonlashtirish va xavfsiz boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Agar ushbu xizmatlardan qanday foydalanish, kredit olish shartlari, to‘lov tizimlari yoki boshqa moliyaviy jarayonlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, Ko‘p beriladigan savollar (FAQ) bo‘limida ularga javob topishingiz mumkin. Agar qo‘shimcha ma’lumot yoki maslahat zarur bo‘lsa, biz bilan bog‘laning – sizga yordam berishdan mamnun bo‘lamiz!

Kartani ochish uchun qanday hujjatlar kerak?
Pasport yoki ID karta.
Kartadan foydalanish bilan bog'liq komissiyalar qanday?
Naqd pul yechib olish kabi ayrim operatsiyalar uchun komissiya olinishi mumkin. Komissiya miqdori karta turiga bog'liq.
Korporativ hisobni qanday to'ldirish mumkin?
Siz o'zingizning kompaniya hisobingizga pul mablag'larini joriy (hisob) hisobdan o'tkazishingiz mumkin.
Kartadan qanday to`lovlarni amalga oshirish mumkin va undan qanday foydalaniladi?
Korporativ bank kartasi saqlovchilari korporativ bank kartasidan foydalangan holda savdo va xizmat ko`rsatish korxonalarida to`lovlarni xarajatlarni milliy valyutada naqdsiz ko`rinishda amalga oshirishlari mumkin
Korporativ kartochka xuddi oddiy kartochkaday ishlaydi agar siz kartadan hech qachon foydalanmagan bo`lsangiz ham-bu juda oddiy va yengildir.
Joylashtiriladigan banklararo muddatli depozitlar
Muddati | Milliy valyutada | AQSh dollarida | Yevroda |
Overnight | 11% dan kam bo'lmagan miqdorda | 3% dan kam bo'lmagan miqdorda | ESTER -0,5% dan kam bo'lmagan miqdorda |
30 kungacha | 13% dan kam bo'lmagan miqdorda | 3,5% dan kam bo'lmagan miqdorda | 1 oylik Euribor -0,5% dan kam bo'lmagan miqdorda |
31 kundan – 90 kungacha | 14% dan kam bo'lmagan miqdorda | 4% dan kam bo'lmagan miqdorda | 3 oylik Euribor-0,5% dan kam bo'lmagan miqdorda |
91 kundan yuqori bo'lsa | 15% dan kam bo'lmagan miqdorda | 4,5% dan kam bo'lmagan miqdorda | 6 oylik Euribor -0,5% dan kam bo'lmagan miqdorda |
Bank likvidligini ta'minlash maqsadida jalb kilinadigan depozitlar
Pul birligi | Milliy valyutada | AQSh dollarida | Yevroda |
Yillik foiz stavkasi | 20% gacha | 8% gacha | 6,5% gacha |
Foiz to‘lovlari muddatidan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan jalb qilinadigan muddatli va jamg’arma depozitlar
Depozitlar muddati | Milliy valyutada | AQSh dollarida | Yevroda |
180 kungacha | 15% gacha | 3% gacha | 2% gacha |
181 kundan – 365 kungacha | 16% gacha | 4% gacha | 3% gacha |
366 kundan – 540 kungacha | 17% gacha | 4,5% gacha | 4% gacha |
540 kundan yuqori bo'lsa | 18% gacha | 5% gacha | 4,5% gacha |
Jalb qilinadigan banklararo muddatli depozitlar
Muddati | Milliy valyutada | AQSh dollarida | Yevroda |
365 kungacha | 18% gacha | 8% gacha | 6% gacha |
Shaxsiy moliyaviy rejalaringiz uchun qulay xizmatlar!
Biz sizga kunlik moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirish va mablag‘laringizni samarali boshqarish uchun qulay bank xizmatlarini taqdim etamiz. Plastik kartalar, kreditlar, ipoteka, omonatlar, pul o‘tkazmalari, investitsiyalar, hamda SWIFT tizimi orqali xalqaro to‘lovlar kabi xizmatlar orqali moliyaviy ehtiyojlaringizni oson hal qilishingiz mumkin.
Shuningdek, BRB mobil ilovasi yordamida hisobingizni onlayn boshqarish, to‘lovlarni amalga oshirish va bank xizmatlaridan istalgan joyda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Agar ushbu xizmatlardan qanday foydalanish yoki shartlar haqida savollaringiz bo‘lsa, Ko‘p beriladigan savollar (FAQ) bo‘limidan javob topishingiz yoki biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Kartani qanday ochish mumkin?
Bank debet kartasini olish uchun siz:
Arizani bankning eng yaqin filialida to'ldiring.
Kartani ochish uchun qanday hujjatlar kerak?
Pasport yoki ID karta.
Kartadan foydalanish bilan bog'liq komissiyalar qanday?
Naqd pul yechib olish kabi ayrim operatsiyalar uchun komissiya olinishi mumkin. Komissiya miqdori karta turiga bog'liq.
Kartadagi SMS-xabarlashuvni qanday ulash mumkin?
Bankomatdan foydalanish yoki eng yaqin bank filialiga tashrif buyurish orqali.
Yo'qotilgan taqdirda debet kartani qanday bloklashim mumkin?
Internet-banking, mobil ilova orqali yoki bankning call-markazi bilan bog'lanish orqali kartani bloklash mumkin.
Bu xizmat bepul taqdim etiladi.
Kartada muammolar yuzaga kelganda nima qilish kerak?
Muammo yuzaga kelganda bank bilan bog'lanish: 1254 raqamli call-markazga qo'ng'iroq qilish, filialga tashrif buyurish yoki internet-banking orqali onlayn yordam olish.
Omonatni qanday ochish mumkin
Bankning istalgan ofislariga tashrif buyurish (pasportingiz eki ID kartangiz yoningizda bo‘lsin) orqali yoki bankning BRB mobil ilovasida.
Omonatni qanday ochish mumkin?
Omonatni ochish uchun bankning istalgan ofisiga tashrif buyuring. Bunda pasport yoki ID kartangiz yoningizda bo‘lishi kerak.
Shuningdek, BRB ilovasi orqali omonatni onlayn rasmiylashtirish ham mumkin.
Omonatdagi mablag‘lar himoyalanganmi?
Ha, omonatingizdagi mablag‘lar 200 million so‘m miqdorida Omonatlarni kafolatlash jamg'armasi tomonidan sug‘urtalangan.
Depozitni ochish uchun qanday hujjatlar kerak?
Pasport yoki ID karta.
Omonatni muddatidan oldin yopish mumkinmi?
Depozit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga ruxsat beriladi, ammo qo'shimcha shartlar va choralar qo'llanilishi mumkin.
Bank depozit stavkasini bir tomonlama o'zgartirishi mumkinmi?
Omonat shartnomasining amal qilish muddati davomida bank omonat bo'yicha foiz stavkasini o'zgartira olmaydi. Depozitni yangi muddatga qayta rasmiylashtirish depozit shartnomasi shartlariga muvofiq stavka bo'yicha amalga oshiriladi.
Depozit uchun minimal badal qancha?
Depozitning minimal miqdori har xil bo'lishi mumkin va omonat turiga bog'liq.
Ariza qoldirish
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.