Sizning omonatingiz kafolatlangan! 🛡️
Omonatlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur Qonunga asosan har bir omonatchi uchun kafolatlangan omonat miqdori 200 million so‘m etib belgilangan.
Biznesni rivojlantirish bankiga joylashtirilgan omonatlar kafolatlanishi | Omonatlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq ta’minlanadi. |
Omonatlarni kafolatlash asoslari | Omonatlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuni |
Kafolatlash hodisasi | Bankning tugatilishi (yopilishi) |
Kafolatlanadigan omonatlar turi | Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar, shu jumladan bank kartalaridagi mablag‘lar, muddatli va jamg‘arma omonatlar, shuningdek mazkur omonatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar |
Kompensatsiya miqdori | Bank tugatilganda har bir omonatchiga, omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda, jami to‘lanadigan kompensatsiya miqdori 200 000 000 so‘mdan oshmaydi |
Bir bankda omonatchining bir nechta omonatlari mavjud bo‘lgan taqdirda to‘lanadigan kompensatsiya miqdori | Omonatning miqdori va valyutasidan qat’i nazar omonatchining ushbu bankdagi va uning filiallaridagi barcha omonatlari hisoblangan foizlar bilan jamlanadi va ular bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiyaning umumiy miqdori 200 000 000 so‘mdan oshmaydi |
Bir nechta bank tugatilgan holda kompensatsiya miqdori | Bir nechta bank tugatilgan taqdirda, mazkur banklarda omonatlari mavjud bo‘lgan omonatchi har bir bank bo‘yicha alohida tartibda 200 000 000 so‘mdan oshmagan miqdorda kompensatsiya olish huquqiga ega |
Kompensatsiya to‘lash muddati | Bankni tugatish (yopish) to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 20 ish kuni mobaynida: 2026 yil 1 yanvardan boshlab — 15 ish kuni; 2027 yil 1 yanvardan boshlab — 7 ish kuni. |
Kompensatsiya to‘lanadigan valyuta | Chet el valyutasida qo‘yilgan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya bank tugatilgan (yopilgan) sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valyutada (so‘mda) to‘lanadi |
Kafolatlash obyekti hisoblanmaydi |
|
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar Omonatlarni kafolatlash agentligi | Manzil: O‘zbеkiston Rеspublikasi, 100027, Toshkеnt sh., Qoratosh ko’chasi, 1 uy (O’zbеkiston Banklari Assosiasiyasi binosi) . Email: info@uzoka.uz Tel: +998 555 500 500 |