Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Faktoring

Mahsulot yoki xizmat uchun debitorlarning qarzini sotib olish imkoniyati

Faktoring nima?

Faktoring — bu yetkazib berilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat evaziga mijozdan kelib tushishi kutilayotgan qarz/debitorlik qarzdorligini bank yoki moliyaviy tashkilotga topshirib, shu asosda tezkor moliyalashtirish olish xizmati.

BRB Bankdan onlayn mikroqarz olgan yigit – O'zbekiston bo'yicha tez va oson pul olish.  Молодой человек легко получает быстрые деньги - онлайн микрозайм на карту в Узбекистане от BRB Bank. A young man easily getting fast cash with an online microloan from BRB Bank in Uzbekistan.

Bu qanday ishlaydi?

Siz — eksportchisiz.

Xaridoringiz — chet elda

Pul — 3 oyda kelishi kerak

Lekin siz — hoziroq olasiz

Bank — oraliq ko‘prik:

sizga pulni beradi, keyinroq xaridordan tushgan pullardan undiriladi

Universal faktoring

Ichki bozor uchun

MIQDORI
200 ming. AQSH dollarigacha
MUDDATI
120 kun

Agroeksport faktoring

Eksport uchun

MIQDORI
3,5 mln AQSH dollarigacha
MUDDATI
180 kun

Faktoringni qanday olish mumkin?

Bank ofisiga tashrif buyuring

Ariza qoldiring, shartnoma tuzing

Hujjatlarni imzolang va mablag‘ni oling

Savollaringiz bormi?

Mijozimga mahsulot jo‘natdim, u 90 kunda to‘laydi. Menga esa oylik va xomashyo uchun hozir pul kerak. Faktoring bu muammoni hal qila oladimi?

Ha. Sizning debitorlik qarzdorligingiz (90 kunlik to‘lov va’dasi) asosida BRB Bank sizga hoziroq moliyalashtirish ajratadi. Siz ishchilaringizga oylik berishingiz, ishlab chiqarishni davom ettirishingiz mumkin.

Xaridorim Yevropadagi firma. U bilan shartnomamiz bor. Men esa har oyda partiya-partiya jo‘nataman. Har safar faktoring olish mumkinmi?

Ha. Siz BRB bilan “Bosh kelishuv” tuzasiz va shundan so‘ng har bir partiya bo‘yicha individual faktoring shartnomalari tuziladi. Bu sizga har oyning pul oqimini barqarorlashtirishga yordam beradi.

Xaridorim to‘lamasa-chi? Faktoring bo‘yicha men javob beramanmi?

Ha, bu mahsulot regress huquqi bilan taqdim etiladi. Ya’ni, agar xaridor shartnoma asosida belgilangan vaqtda to‘lovni bajarmasa, siz — yetkazib beruvchi sifatida bank oldidagi majburiyatni bajarasiz.

Mening mijozim davlat tashkiloti. U bilan shartnomam bor. Faktoring olsam bo‘ladimi?

Yo‘q. Faktoring budjet tashkilotlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ushbu xizmat faqat tijorat (yuridik) shaxslar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari uchun amal qiladi.

Qanday hollarda faktoring menga mos bo‘lmasligi mumkin?

  • Mijoz bilan tuzilgan shartnomada mahsulotni qaytarish huquqi mavjud bo‘lsa

  • To‘lovlar bosqichma-bosqich yoki bo‘nak asosida amalga oshiriladigan bo‘lsa

  • Qarzdorlik hajmi yillik daromadingizning 15% dan oshsa

  • Kompaniyangiz moliyaviy zarar bilan ishlayotgan bo‘lsa yoki mavjud kreditlar bo‘yicha kechikishlar mavjud bo‘lsa

  • To‘lovchi va to‘lovchining banki Offshor hududdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo’lishi kerak

  • To‘lovchi, to‘lovchining banki yoki tovar qabul qiluvchilar FATFning qora ro‘yxatidagi davlatlarda va sanksiya kiritilgan hududlarda (Lugansk, Donetsk, Zaporojye, Xerson va Qrim) ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lishi kerak

Tovar jo‘natilgan, lekin hali bojxona hujjatlari rasmiylashtirilmagan. Faktoring olishim mumkinmi?

Yo‘q. Faktoring uchun eksport hujjatlari, jo‘natilgan tovarni tasdiqlovchi hujjatlar (CMR, invoice, shartnoma va h.k.) tayyor bo‘lishi lozim. To‘liq hujjatlar bo‘lmasa, moliyalashtirish taqdim etilmaydi.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.