Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Bank haqida

"Biznesni rivojlantirish banki" aksiyadorlik -tijorat banki – kichik va o‘rta biznes segmentini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shishga yo‘naltirilgan tizimli ahamiyatga ega moliya muassasasidir. Bank faoliyati tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirishdan tashqari, ularga strategik rivojlanishning barcha bosqichlarida hamrohlik qilishga asoslangan.

Bankning transformatsiyasi va tarixi

Bank o‘zining ko‘p yillik faoliyatini mamlakat agrar va ijtimoiy sohalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan "Qishloq qurilish bank" ATB negizida boshlagan. O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning yangi davri va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor ahamiyat kasb etishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-sonli qaroriga asosan bank "Biznesni rivojlantirish banki" ATB sifatida transformatsiya qilindi. Bu bankning missiyasi, korporativ strategiyasi va faoliyat modelini tubdan yangilashni anglatadi.

Bankning missiyasi 

Bizning missiyamiz - jamiyat, mamlakat va biznes manfaati uchun xizmat qilishdir.Biz muvaffaqiyat yo'lida sizning ishonchli hamkoringizmiz.

Korporativ qadriyatlar

  • Eng yaxshisi: Biz mijozlarimizga eng yaxshi tajriba va natijalarni taqdim etish uchun yangi texnologiyalar va jarayonlarni joriy etish orqali doimiy ravishda yaxshilanishga intilamiz.

  • Sodiqlik: Biz mijozlarimiz va ularning ehtiyojlariga sodiqmiz, muammo va savollarni tezda hal qilishga va individual xizmatni taqdim etishga tayyormiz.

  • Ustunlik: Biz an'anaviy bank xizmatlaridan tashqari, innovatsion va o'ziga xos yechimlarni taklif qilish orqali mijozlarimizning kutganlaridan ortig’ini berishga intilamiz.

Respublika miqyosidagi faoliyat

Bank butun O‘zbekiston bo‘ylab keng filiallar tarmog‘iga ega. Bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida 50 dan ortiq filial va bank xizmatlari markazlari orqali tadbirkorlarga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Tadbirkorlik ekоtizimi

Bank an'anaviy moliyalashtirish bilan cheklanmay, tadbirkorlik uchun to'liq sikldagi ekotizimni shakllantirgan. Bank tarkibiga 19 ta ixtisoslashgan shuʻba korxona kiradi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • “Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari”: Har bir viloyatda tadbirkorlarga biznesni yo'lga qo'yishda amaliy yordam ko'rsatuvchi markazlar.

  • Ixtisoslashgan Moliya Institutlari: Investitsiya, lizing, faktoring va mikromoliyalashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi “BRB-CAPITAL”, “BRB-TECH” kabi sho‘ba tuzilmalar.

Moliyaviy barqarorlik va shaffoflik

Bank o‘z faoliyatini xalqaro standartlar asosida yuritadi va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Bankning moliyaviy hisobotlari Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlariga (IFRS) muvofiq tayyorlanadi va "KPMG" kabi nufuzli xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan muntazam ko‘rib chiqiladi.

Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar (30.06.2025 holatiga):

  • Jami aktivlar: 35,4 trln so‘m (o'tgan yil yakuniga nisbatan 12% o'sish).

  • Jami kapital: 3,4 trln so‘m (o'tgan yil yakuniga nisbatan 25% o'sish).

  • Sof foyda: 192,7 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davridagi moliyaviy natijaga nisbatan sezilarli ijobiy dinamika).

Ushbu ko‘rsatkichlar bankning mustahkam moliyaviy poydevori, barqaror o‘sish salohiyati va korporativ boshqaruv samaradorligini tasdiqlaydi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB o'zining mustahkam moliyaviy bazasi, keng qamrovli infratuzilmasi va professional jamoasi bilan O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashdek muhim vazifani amalga oshirishda davom etadi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Ustaviga kiritilgan o'zgartirish 3.87 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB ustavi 1.47 MB pdf

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.