Axborot xizmati

Biznesni Rivojlantirish Banki Axborot xizmati vazifa va funksiyalari
"Biznesni Rivojlantirish Banki" ATB Axborot xizmati Bank markaziy idorasining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Asosiy maqsadi - Bank boshqaruvi tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish, Bank faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishni taʼminlash, Bank tizimida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishdan iborat.

Vazifalari
• Bank faoliyatini ommaga taqdim etish – OAV, ijtimoiy tarmoqlar va BRB.uz rasmiy veb-sayti orqali aholini doimiy, tezkor va to‘liq axborot bilan ta’minlash. Shuningdek, matbuot anjumanlari, brifinglar va media-turlar tashkil etish orqali ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.
• Axborot siyosatini muvofiqlashtirish – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
• OAV bilan hamkorlikni rivojlantirish – Bank faoliyati bo‘yicha tezkor axborotni jurnalistlar va blogerlar orasida tarqatish, media bilan samarali hamkorlik qilish.
• Rasmiy chiqishlarni tashkil etish – Bank vakillarining OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini doimiy tashkil etish.
• Axborot monitoringi va tahlil – Bank faoliyatiga oid axborot maydonini kuzatish, tahlil qilish, keng muhokama qilinayotgan mavzularga tezkor munosabat bildirish va ommaviy axborot vositalari hamda internet orqali axborotni tarqatish ishlarini olib borish.
• Mahalliy va xalqaro axborot bilan ishlash – Davlat idoralari, OAV va xalqaro axborot resurslari bilan hamkorlikda Bank faoliyatiga oid xabar, sharh va tahliliy materiallar tayyorlash.
• Bank faoliyatini xalqaro miqyosda yoritish – Bank xizmatlarini xalqaro OAV orqali yoritish va bankning global miqyosdagi imidjini oshirish.
• Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash – Bank faoliyatiga tegishli hujjatlarning tasdiqlangan matnlarini BRB.uz rasmiy veb-saytida e’lon qilish.
• Media ma’lumotlar bazasini shakllantirish – Bank faoliyati bo‘yicha matnli, foto, audio va video materiallarni yaratish va muntazam yangilab borish.
• Mijozlar fikrini o‘rganish – Bank mijozlari va jamoatchilik orasida so‘rovlar o‘tkazish orqali xizmatlar sifatini oshirish.
• Bank imidjini oshirish – Bank xizmatlariga oid samarali reklama va kommunikatsion strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.
Funksiyalari
• Axborot tarqatish – OAV, BRB.uz rasmiy veb-sayti va bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yangilik va ma’lumotlarni muntazam joylashtirish.
• Matbuot tadbirlarini tashkil etish – Bank rahbariyati ishtirokida matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish.
• OAV so‘rovlariga javob berish – Jurnalist va ommaviy axborot vositalari vakillarining rasmiy so‘rovlariga yozma va og‘zaki shaklda ma’lumot taqdim etish.
• Normativ hujjatlar va davlat dasturlarini yoritish – Bank faoliyatiga oid qonun hujjatlari va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlar haqida jamoatchilikni xabardor qilish.
• Ichki va tashqi kommunikatsiyalarni muvofiqlashtirish – Bank tuzilmalari bilan hamkorlikda axborot almashinuvi va monitoring olib borish.
• Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlash – Bank faoliyatiga oid TV va radio dasturlar ishlab chiqish va ularni efirga uzatish.
• Bank rahbariyatini dolzarb yangiliklar bilan xabardor qilish – Bank tizimiga tegishli muhim yangiliklar va OAVdagi muhokamalar haqida tezkor ma’lumot yetkazish.
• Axborot bazasini yuritish – Bank faoliyatiga oid tahliliy, statistik va media ma’lumotlarini tizimlashtirish va yuritish.
• Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni yuritish – Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yangilab borish va ularga sifatli kontent joylashtirish.
• Audiovizual materiallar tayyorlash – Bank faoliyatiga oid foto, audio va video materiallarni ishlab chiqish va tarqatish.
• Tadbirlarni yoritish – Bank va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni OAVda keng yoritish.
• Xalqaro va mahalliy tadbirlarda ishtirok – Ko‘rgazma, konferensiya va yarmarkalarda bankning ishtirokini ta’minlash.
• Ichki hujjatlarni nazorat qilish – Bank faoliyati bo‘yicha qabul qilingan qaror, buyruq va farmoyishlarning ijrosini ta’minlash.
• Xatlar va murojaatlar bilan ishlash – Bank boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularga javob berish.
Axborot xizmati rahbari
Oripov Shuhratjon Orip o‘g‘li
E-mail:

Ariza qoldirish
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.