Bizning missiyamiz
jamiyat, mamlakat va biznes manfaati uchun xizmat qilish. Biz muvaffaqiyat yo'lida sizning ishonchli hamkoringizmiz
Biz bilan siz nafaqat ishlaysiz, balki o‘sasiz, tajriba orttirasiz va katta maqsadlar sari qadam tashlaysiz
Bank respublika bo‘ylab 60 ta bank xizmatlari markaz va ofislari orqali faoliyat yuritadi
Bank tarkibida 19 ta ixtisoslashgan shu‘ba korxona mavjud bo‘lib, ular tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi
Moliyaviy hisobotlar IFRS asosida tayyorlanadi va KPMG kabi xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi
Lavozim | Moliya bozorlari boshqarmasi boshlig‘i |
Daromad darajasi | Ko‘rsatilmagan |
Ish tajribasi | 6 yildan ortiq |
Bandlik turi | To‘liq bandlik |
Rasmiylashtirish | Mehnat shartnomasi |
Ish grafigi | 5/2 |
Ish vaqti | 8 soat |
Ish formati | Ish beruvchi hududida |
Hudud | Toshkent shahri |
Vazifalar | Rhombus, Refinitiv LSEG va Bloomberg platformalari orqali valyuta-konversion operatsiyalarni amalga oshirish; banklararo pul bozorida REPO, valyutaviy svop va depozit operatsiyalarini bajarish; qarz qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, sotish va boshqarish; xorijiy valyutalar bilan spot, svop, forvard, fyuchers va opsion operatsiyalarini amalga oshirish; ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilangan me’yorlar doirasida samarali boshqarish. |
Talablar | Oliy iqtisodiy ma’lumot, magistr darajasi ustunlik beradi; bank g‘aznachiligi, diling, qimmatli qog‘ozlar yoki moliya bozorlari operatsiyalari bo‘yicha kamida 6 yillik amaliy tajriba; bank faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish; MS Office va bankning ichki dasturlaridan mukammal foydalanish; o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish. |
Shartlar | To‘liq 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha; bankning markaziy idorasida ishlash; ish haqi va erishilgan natijalarga qarab oylik mukofot |
Lavozim | Lizing kompaniyasi bosh buxgalteri |
Daromad darajasi | Ko‘rsatilmagan |
Ish tajribasi | 3–6 yil |
Bandlik turi | To‘liq bandlik |
Rasmiylashtirish | Mehnat shartnomasi |
Ish grafigi | 5/2 |
Ish vaqti | 8 soat |
Ish formati | Ish beruvchi hududida |
Hudud | Toshkent shahri |
Vazifalar | Buxgalteriya va soliq hisobini milliy standartlar hamda qonunchilikka muvofiq tashkil etish; moliyaviy va operatsion lizing, lizing to‘lovlari va amortizatsiya hisobini yuritish; moliyaviy va soliq hisobotlarini tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etish; lizing oluvchilar, yetkazib beruvchilar, banklar va budjet bilan hisob-kitoblarni nazorat qilish; kreditlar, jalb qilingan mablag‘lar va valyuta operatsiyalari hisobini yuritish; buxgalteriya xizmati faoliyatini boshqarish; birlamchi hujjatlar va inventarizatsiya jarayonlarini nazorat qilish; auditorlar, soliq organlari va banklar bilan hamkorlik qilish. |
Talablar | Iqtisodiyot yoki moliya yo‘nalishida oliy ma’lumot; buxgalteriya hisobida kamida 5 yillik, jumladan rahbarlik lavozimida 1–2 yillik ish tajribasi; Soliq kodeksi, buxgalteriya hisobi, lizing va valyutani tartibga solish qonunchiligini bilish; BHMS va MHXS, xususan MHXS 16 va MHXS 9 bo‘yicha bilim; 1C yoki boshqa buxgalteriya dasturlari va elektron hujjat aylanishi tizimlarida ishlash; o‘zbek va rus tillarini bilish. Lizing, bank yoki moliya tashkilotidagi tajriba, ACCA, CIPA, DipIFR sertifikatlari va ingliz tilini bilish ustunlik beradi. |
Shartlar | Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish; o‘qish va malaka oshirish xarajatlarini kompaniya tomonidan qoplash; barqaror kompaniyada ishlash va kasbiy rivojlanish imkoniyati. |
Lavozim | Operatsion risk menejeri |
Daromad darajasi | Ko‘rsatilmagan |
Ish tajribasi | 6 yildan ortiq |
Bandlik turi | To‘liq bandlik |
Rasmiylashtirish | Mehnat shartnomasi |
Ish grafigi | 5/2 |
Ish vaqti | 8 soat |
Ish formati | Ish beruvchi hududida |
Hudud | Toshkent shahri |
Vazifalar | Operatsion risk hodisalarini kunlik va oylik monitoring qilish; risklarni aniqlash, baholash va boshqarish uslubiyotlarini ishlab chiqish; risk-appetit va limitlar bo‘yicha erta ogohlantirish tizimlarini joriy etish; Markaziy bankning 3427-sonli nizomi talablariga muvofiqlikni ta’minlash; yangi bank mahsulotlarining operatsion risklarini baholash; har chorakda stress-testlar o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish; bankning risk-profilini baholash; Kuzatuv kengashi, Risklarni boshqarish qo‘mitasi va Bank boshqaruviga hisobotlar tayyorlash; qayta tiklash rejasini ishlab chiqish va yangilash; OPERRISK tizimida risk hodisalari va yo‘qotishlarni tahlil qilish; risklarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; komplayens, ichki audit, IT va axborot xavfsizligi bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish; xodimlar uchun treninglar tashkil etish. |
Talablar | Iqtisodiyot, moliya, matematika yoki statistika yo‘nalishida oliy ma’lumot; bank-moliya tizimida kamida 6 yillik tajriba, jumladan operatsion risklar, ichki nazorat, audit yoki kreditlash yo‘nalishida kamida 3 yillik mustaqil yoki yetakchi lavozimdagi tajriba; operatsion risklarni baholash va stress-testlar o‘tkazish ko‘nikmasi; Bazel qo‘mitasi tavsiyalari va Markaziy bankning 3427-sonli nizomini bilish; Excel va Power BI bilan ishlash, SQL bilimi ustunlik beradi; rahbariyat uchun hisobot va taqdimotlar tayyorlash tajribasi; mustaqil qaror qabul qilish va boshqaruv ko‘nikmalari; o‘zbek tilini a’lo, rus tilini yaxshi, ingliz tilini o‘rta darajada bilish; FRM, PRM yoki CFA sertifikatlari ustunlik beradi. |
Shartlar | Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi; rivojlanayotgan bankda ishlash; do‘stona jamoa va qulay ish muhiti; raqobatbardosh ish haqi va natijalarga asoslangan bonuslar; Toshkent markazidagi qulay ofis. |
Kasbiy va shaxsiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar
Bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, hamjihat va professional muhit
Bilim, tajriba va mehnatingizga munosib baho
Biz sizning rezyumeyingizni qabul qildik va tez orada siz bilan bog‘lanamiz. Murojaat qilganingiz uchun rahmat!
Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.