Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

Tranzaksion banking

Tranzaksion banking

O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘grisida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq quyidagi xizmat turlarini taklif etadi (operatsiyalar Bankning amaldagi tariflariga muvofiq amalga oshiriladi):

Tashqi savdo shartnomalariga xizmat ko‘rsatish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3351-son “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-837-son “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-332-son “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 283-son “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori asosida tashki savdo shartnomalariga xizmat ko‘rsatish (eksport-import shartnomalariga, shuningdek olib chiqish va olib kirish hamda sotish va sotib olish shartnomalariga xizmat ko‘rsatish), ya’ni tashqi savdo shartnoma (qo‘shimcha kelishuv)lariga hamda invoyslarga qo‘yilgan eng kam talablar asosida ko‘rib chiqish, tizimga kiritilgan ma’lumotlarni shartnoma shartlari bilan solishtirib chiqiladi va maslahatlar berish.

Bank o‘tkazmalari va tushumlari bo‘yicha operatsiyalar

Ichki va xalqaro operatsiyalar (Respublika hududidan tashqariga va hududida xorijiy valyutani o‘tkazish) bo‘yicha bank o‘tkazmalarini/tushumlarini amalga oshirishda to‘lov xujjatlarini ko‘rib chiqish va maslahatlar berish hamda ijro uchun qabul qilingan to‘lovlarni qaytarish yoki bekor qilish, qo‘shimcha xabar jo‘natish hamda amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha hujjatlardan qo‘shimcha ko‘chirma nusxasini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

  • Kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalari;

  • Joriy xalqaro operatsiyalar;

  • Nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari;

  • Respublikasi hududida bank o‘tkazmalari bo‘yicha operatsiyalar.

Xorijiy valyutadagi o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy xorijiy banklardagi vakillik xisobraqamlaridan foydalaniladi:

  • Bank of New York (AQSH);

  • Commerzbank AG (Germaniya);

  • ODDO BHF SE (Germaniya);

  • Azia-Invest Bank (Rossiya);

  • Aktif Yatirim Bankasi AS (Turkiya);

  • Azer-Turk bank (Ozarbayjon).

Kapital harakati bilan bogʼliq operatsiyalar

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori 2013 yil 17 dekabrda roʼyxatdan oʼtgan, roʼyxat raqami 2536 “Kapital harakati bilan bogʼliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” Qarori asosida qoʼyida keltirilgan kapital harakati bilan bogʼliq operatsiyalarga xizmat koʼrsatib kelinmoqda:

  • Investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

  • Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning kafolatlanmagan tashqi qarz shartnomasi (qoʼshimcha kelishuv) boʼyicha xujjatlarni koʼrib chiqish, roʼyhatga olish va roʼyxatdan chiqarish;

  • Koʼchmas mol-mulkni sotib olish va sotish.

Xujjatli operatsiyalar

Xalqaro savdo palatasi tomonidan chiqarilgan xujjatli akkreditivlar uchun umumlashtirilgan qoidalar USP 600-sonli nashri, Xalqaro savdo palatasi tomonidan chiqarilgan bank kafolatlari uchun URDG 758-sonli nashri va Xalqaro savdo palatasi tomnidan chiqarilgan Incoterms boʼyicha milliy va xalqaro savdo terminallaridan foydalanish qoidalari asosida Bank tomonidan quyidagi operatsiyalarni amalga oshirib kelinmoqda:

  • Eksport-import shartnomalari (qoʼshimcha kelishuv) boʼyicha akkreditivni ochish, operatsiyalarini amalga oshirish, akkreditiv shartlarini oʼzgartirish kiritish (akkreditiv - tashqi savdo shartnomalarini tuzishda kafolatlangan va ishonchli hisob-kitob shakllaridan biri);

  • Xorijiy bank tomonidan chiqarilgan bank kafolatini avizolash va yuritish (tashqi savdo shartnomalri boʼyicha);

  • Bank mijozlariga hujjatlarni rasmiylashtirishda maslahatlar berish.

Ichki valyuta bozorida valyuta mablagʼlarini sotish va sotib olish operatsiyalari

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 31 avgustda roʼyxatdan oʼtgan, roʼyxat raqami 3281 “Oʼzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida” Qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 sentyabrdagi 778-sonli “Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” Qarorilari asosida quyidagi operatsiyalar amalga oshirilib kelinmoqda:

  • Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning soʼm mablagʼini xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish;

  • Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning xorijiy valyutasini milliy valyutaga konvertatsiya qilish;

  • Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning naqdsiz xorijiy valyutasini boshqa xorijiy valyutaga almashtirish (konversiya);

  • Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi mijozlarga qimmatbaho metallarni sotish.

Xorijiy valyutani sotib olish va qayta sotish bo’yicha shartnoma (ommaviy oferta) 3.14 MB pdf
Xorijiy valyutani sotish bo’yicha shartnoma (ommaviy oferta) 2.52 MB pdf

Ariza qoldirish

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.