BRB LIFT: Ayol tadbirkor
Ishtirokchilarni biznes sinovlari, mentorlar ko‘magi va 500 million so‘mlik bosh mukofot uchun kurash birlashtirdi
Haqiqiy biznes, haqiqiy natijalar
BRB LIFT — Biznesni rivojlantirish bankining ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes-reality shousi. Ishtirokchilar professional mentorlar bilan o‘z bizneslarini tahlil qilishadi, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishadi va 500 million so‘mlik bosh mukofot uchun kurashishadi.
HAKAMLAR VA MENTORLAR

Shohida Ibragimova
Tadbirkor, investor va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ekspert. «Ayol» mikromoliya tashkiloti rahbari. Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish va biznesni rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

Abror Baxtiyarovich
Tadbirkor, marketing va reklama mutaxassisi, “Xalqaro kasb maktabi” hamda “ZAK Production” asoschisi. Kreativ reklama yaratish, mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqish, reklama samaradorligini oshirish mavzularida amaliy darslar olib boradi.

Nargiza Bekmurodova
To‘qimachilik sohasidagi tadbirkor, “ARTATEX” va “Lime Textile” korxonalari asoschisi. Tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish, xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish hamda ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Yulduz Mavlyanova
Tadbirkor, La Sposa, La Renta va La Sposa Atelier brendlari asoschisi. Moda sanoati, brending, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega.

Behzod Jalolov
Tadbirkor, BTS Express logistika kompaniyasi asoschisi. Faoliyati pochta, kuryerlik va yuk tashish xizmatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq. Biznesni kengaytirish, filiallar tarmog‘ini yaratish va boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tajribaga ega.

Axrolxo‘ja Rahmatxo‘jayev
Ta’lim markazlarida jamoa shakllantirish va sotuv bo‘limini rivojlantirish mavzularida darslar olib boradi. Ustoz AI platformasining “O‘quv markazi ochish” kursida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashgan.
SITORA
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga hunar o‘rgatish va kasbiy ta’lim berishga qaratilgan “Hunar+” loyihasi asoschisi, ijtimoiy tadbirkor.
NARGIZA
Tez yordam chaqiruv markazida ishlagan. Ishsiz qolgach, o‘zining kichik qandolat uyini ochib, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.
SEVARA
Tug‘ruqdan keyin ayollarga kompleks xizmat ko‘rsatadigan markaz ochishni rejalashtirmoqda.
OZODA
Ishlab chiqarish sohasida 15 yillik tajribaga ega. Hozirda shim ishlab chiqarib, ulgurji savdoga yetkazib beradi.
REGINA
Durdan taqinchoq yasash hobbisni hozirda stabil biznesga aylantirgan
BRB LIFT TAF!26 FESTIVALI E’TIROFIDA
BRB LIFT televizion reality-shousining 1-mavsumi TAF!26 — Toshkent xalqaro reklama festivalida «Eng yaxshi PR-loyiha» deb topildi.
Mustaqil hakamlar hay’ati baholash natijalariga ko‘ra BRB LIFT loyihasini festivalning marketing va kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi sifatida e’tirof etdi. Loyihaning asosiy maqsadi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning real biznes tajribalarini jamoatchilikka yetkazishdan iborat.