BRB Mobil Ilovasi
Ilova orqali onlayn kreditlar, foizli omonatlar, kommunal to‘lovlar, valyuta konvertatsiyasi va kartalararo pul o‘tkazmalarini istalgan vaqtda, istalgan joyda amalga oshirish mumkin
Xizmatlar
Balans va tarix — nazorat doimo sizda
Kirish — Face ID yoki barmoq izi bilan
To‘lovlar — elektr energiyasidan tortib telefongacha
Kartalarni boshqarish — kerak bo‘lsa bloklang, kerak bo‘lsa yangilang
Omonat va kredit — ofisga bormasdan
Birgina ilova — barcha bank ehtiyojlari uchun
Komissiyasiz onlayn o’tkazmalar
BRB ilovasi orqali BRB Humo va Uzcard kartalaridan boshqa Humo va Uzcard kartalariga oyiga 100 million so‘mgacha komissiyasiz pul o'tkazing
📱 App Store yoki Google Play’dan BRB ilovasini yuklab oling.
Ilovani ochganingizda, sizdan telefon raqamingiz so‘raladi.
Raqamingizni kiriting: +998 XX XXX XX XX
Telefoningizga SMS-kod keladi
Ushbu kodni ilovadagi maxsus oynaga kiriting
✅ Siz ilovaga muvaffaqiyatli kirdingiz. Endi asosiy funksiyalar ochiladi, lekin verifikatsiyasiz ayrim xizmatlar cheklangan bo‘ladi. Shu sababli keyingi bosqichga o‘tamiz.
🪪 Ilova sizga shaxsingizni tasdiqlashni taklif etadi.
Buning uchun qanday hujjat kerak?
Pasport (yoki ID-karta)
Keyinchi?
📸 Hujjat fotosi
– Old tomonni suratga oling
– So‘ng orqa tomonni
(Ilova sizga qayerini qanday tushirish kerakligini ko‘rsatadi)
🤳 Selfi
– Kameraga qarab suratga tushing
– Yuzingiz yoritilgan, aniqligi yaxshi bo‘lishi kerak
– Quloq-qosh, yuz to‘liq ko‘rinib tursin
📌 Hammasi faqat bir necha daqiqa vaqt oladi. Hujjatlar to‘g‘ri tushgan bo‘lsa — keyingi bosqichga o‘tasiz.
⏳ BRB sizning hujjatlaringizni avtomatik tekshiradi.
Bu jarayon odatda 1–5 daqiqa davom etadi.
✅ Verifikatsiya muvaffaqiyatli o‘tgach, sizga bildirishnoma keladi va barcha xizmatlar to‘liq ochiladi:
Pul o‘tkazmalari (komissiyasiz)
Kredit va omonatlar
Valyuta konvertatsiyasi
Kartalarni boshqarish
Davlat xizmatlari to‘lovlari
🟢 Siz endi to‘liq BRB mijozisiz.
Savollaringizga javoblar tayyor (FAQ)
📱 Telefonimni taksida unutib qoldirdim. Endi nima qilaman?
Xavotir olmang. Yangi telefonda BRB ilovasini yuklab oling, raqamingiz orqali qayta kirish qiling.
Agar hisobni vaqtincha bloklash kerak bo‘lsa — 1254 ga qo‘ng‘iroq qiling.
📲 Ikki telefonim bor, ikkala qurilmada ham ishlatsam bo‘ladimi?
Albatta. Masalan, ish telefoningizda ham, shaxsiy telefoningizda ham BRB ilovasidan foydalana olasiz.
Faqat har kirishda SMS-kod orqali tasdiqlaysiz — xavfsizlik muhim.
🔒 PIN-kodimni unutdim.
Kirish oynasida “PIN-kodni unutdingizmi?” tugmasini bosing va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
📥 Mobil ilovani qanday o‘rnataman?
App Store yoki Google Play’dan “BRB” deb qidirib, ilovani yuklab oling. O‘rnatish — bir necha soniyada.
🔕 Har safar to‘lov kelganda bildirishnoma chiqaveradi. Uni qanday o‘chirsam bo‘ladi?
Sozlamalarga kiring → Bildirishnomalar → Istamasangiz, push-xabarnomalarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Lekin eslatmalar ba’zida kerakli bo‘ladi 😉
💳 Do'stim menga noto‘g‘ri karta raqam yuboribdi, o‘tkazmani qilaman deb turibman. Nima qilay?
O‘tkazmadan oldin ilova qabul qiluvchining ismini ko‘rsatadi. Agar ism tanish bo‘lmasa — to‘xtab turing. Tekshirib olganingiz ma’qul.
Qanday qilib BRB ilovasining foydalanuvchisi bo'lish mumkin
.png)
Shaxsiy ma'lumotlar yordamida identifikatsiyadan o'ting
.png)
Kartani qo'shing va barcha imkoniyatlardan foydalaning
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.