Hamkor kafolat (xorijiy korxonalar uchun)
Xorijiy korxonalarga tender savdolarida ishtirok etish va shartnoma majburiyatlarini bajarishni ta'minlash kafolati


Kafolat miqdori
100 mlrd so'm ekvivalentigacha

Kafolat muddati
Tender savdolarida belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmagan

Rasmiylashtirish uchun komissiya
0.1% dan boshlanadi
Asosiy shartlar
Bank kafolati maqsadi: Tender savdolarida ishtirok etish va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash kafolati
Bank kafolati muddati: Buyurtmachi talabiga muvofiq, biroq tender savdolarida belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmagan/ Shartnoma, kelishuv va boshqa taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan muddatlarga mos ravishda
Bank kafolati miqdori: 100 000 000 000,0 so‘m ekvivalentigacha
Bank kafolati muddati: Tender savdolarida belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmagan/ Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarga mos ravishda
Bank kafolati valyutasi: Milliy valyuta (So‘m); Xorijiy valyuta (AQSh dollari, Yevro, Rubl, Yuan)
Bank kafolati berilganligi uchun komissiya:
Kafolat summasining 2 foizi (xorijiy bankning kredit reytingi BBB+ dan yuqori bo‘lganda 1,5 foizi) miqdorida;
Pul mablag’lari (depozit) bilan ta‘minlanganda kafolat summasining 0,1 foizi miqdorida
Komissiya to‘lash davri: Bank kafolat xati berilgunga qadar
Talablar
Norezident korxona (prinsipal)ga qo‘yiladigan asosiy talablar: Xalqaro sanksiyalar ro‘yxatiga va AML (Anti-Money Laundering) bo‘yicha qora ro‘yxat (Blacklist)ga tushmagan bo‘lishi;
Garant-bank (xorijiy bank)ka qo‘yiladigan asosiy talablar: 10.1. Xalqaro sanksiyalar ro‘yxatiga va AML (Anti-Money Laundering) bo‘yicha qora ro‘yxat (Blacklist)ga tushmagan bo‘lishi;
10.2. Kontrkafolat beruvchi xorijiy bank rezidenti bo‘lgan davlatning vakolatli organi tomonidan bank kafolatlarini berish huquqini beruvchi litsenziyasining mavjudligi;
10.3. Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlar (IFRS) asosida tayorlangan moliyaviy natijalari bo‘yicha:
Regulyativ kapital yetarliligi 13 foizdan baland bo’lishi;
1-darajali kapital yetarliligi 10,5 foizdan baland bo’lishi;
LCR (Liquidity Coverage Ratio) koeffitsiyenti 110 foizdan baland bo’lishi;
NSFR (Net Stable Funding Ratio) koeffitsiyenti 100 foizdan baland bo’lishi;
NPL (Non-performing loan) koeffitsiyenti
5 foizdan baland bo’lmasligi lozim.
10.4. Quyidagi reyting agentliklaridan birining (uzoq muddatli investitsiya darajasidagi) reyting bahosiga ega bo‘lishi kerak:
“Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentligi tasnifiga ko‘ra – xalqaro shkala bo‘yicha reyting BB+ dan past bo‘lmagan;
“Moody’s Investor Service” xalqaro reyting agentligi tasnifi bo‘yicha Ba1 dan past bo‘lmagan;
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tasnifiga ko‘ra BB+ dan past bo‘lmagan.
(Reytinglar oxirgi hisobot davri bo‘yicha o‘rganiladi)
Yuqoridagi 10.4 talab bo’yicha, agar garant-bank Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga a’zo davlatda faoliyat yuritsa, ushbu xorijiy bankning kredit reytingi B- va B3 dan kam bo‘lmasligi lozim.
Ta’minoti pul mablag‘lari bilan qoplangan bank kafolatlariga 10.2 - 10.4-bandlari tatbiq etilmaydi.
Bank kafolatining ma’qullanishi: Bank kafolati berish amaliyoti Kreditlarni ma’qullash departamenti vakolatlaridan yuqori summadagi barcha arizalar Kredit qo‘mitasi vakolati va limiti doirasida ma’qullanadi. Agar bank kafolatining ta’minoti sifatida pul mablag’lari qabul qilinsa, kafolat Anderrayterlar guruhi qaroriga muvofiq beriladi.
Buyurtmanomalar mahsulot talablariga mos kelmagan taqdirda, Kredit siyosati talablari asosida Kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar
“Hamkor kafolat” bank kafolati mahsulotidan foydalanish uchun Garant-bank (Xorijiy bank) tomonidan taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
Bankning elektron manziliga yoki SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) tizimi orqali murojaati (arizasi);
Bank kafolatining namunasi (benefitsiar talabiga muvofiq);
KYC Anketa (Xorijiy bank va norezident korxona tomonidan to‘ldiriladi);
Tender savdolari o‘tkazilishi bo‘yicha e’lon va tender shartlari yuzasidan ma‘lumot;
Xorijiy bank va norezident korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot (guvohnoma) hamda Xorijiy bank litsenziyalarining nusxasi.
Xorijiy bank va norezident korxona huquqiy maqomi, ro‘yxatdan o‘tgan manzilini va amaldagi direktor(lar)ini tasdiqlovchi tijorat reyestridan ko‘chirmalarning nusxasi (ko‘chirmaning sanasi ko‘pi bilan bir oy oldin);
Xorijiy bank va norezident korxona boshqaruv organlarining tuzilishi, tarkibi va a’zolari, aksiyadorlarining ulushlari va yakuniy benefitsiar mulkdorlari to‘g‘risida tasdiqlangan batafsil personal (pasport, ID va tug‘ilgan kun) ma’lumotlar hamda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari;
Norezident korxona ta’sischilarining bank kafolati olish yuzasidan roziligi;
Norezident korxona boshqaruv organlarining a’zolari, aksiyadorlari va yakuniy benefitsiar mulkdorlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari;
Quyidagi hujjatlar shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha bank kafolati so‘ralganda qo‘shimcha tarzda talab etiladi:
Norezident korxona ta’sischilarining korxona rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i;
Mahsulot/ish/xizmat tovar/sotib olishi uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet-el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og’irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);
Shartnoma tovar etkazib berish zanjirida Rossiya, Belorussiya va Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning sanksiya bilan bog’liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda (Champers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 kabi) Tier 1/ Band 1 darajali reytingiga ega xalqaro yuridik kompaniyalar ijobiy xulosasi;
Import shartnomalari bo‘yicha tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (TSOYAEAT) ro‘yxatga olingan shartnoma, VMQ-210-sonli Qarorga asosan bojxona ombori to‘lovi yuzasidan aniq taqdim etilgan hisob-kitob va boshqa hujjatlar;
Tovar yoki xizmatlar nomi va kod (TN VED kod)lari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;
Quyidagilarni aks ettirgan, xorijiy bank (Garant-bank) mijozi va benefitsiar o‘rtasida tuziladigan shartnoma (kontrakt) va uning barcha ilovalari:
shartnomaning maqsadi;
shartnomaning shartlari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
tovar va xizmatlarni yetkazib berish yo‘nalishi va ishtirokchilari, yuk jo‘natuvchi, jo‘natuvchi davlati, qaysi davlatlar orqali o‘tishi va aniq marshrutlari;
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.