Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar Rishtonda davom ettirildi

10.09.2026
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini amalda taʼminlash maqsadida hududlarda tadbirkorlar va tashabbuskorlar bilan ochiq muloqotlarni izchil davom ettirmoqda.
Xususan, Rishton tumanida Bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev, viloyat va tuman hokimligi vakillari, "mahalla bankirlari", hokim yordamchilari hamda mahalliy tadbirkorlar va tashabbuskorlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida tadbirkorlarning muammolari, yangi loyihalari va takliflari atroflicha oʻrganilib, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv va hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari:
Natijadorlikka yoʻnaltirilgan moliyalashtirish — rasmiy qolip va normativlardan qochgan holda, mahallalarning iqtisodiy drayverlariga mos keluvchi biznes loyihalarini aniq va yakuniy natijaga yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlash;
Munosib bandlik va daromad манбаи — aholini barqaror hamda "yashil" ish oʻrinlari bilan taʼminlash orqali oilalar daromadini izchil oshirishga sharoit yaratish;
Startap va tijoriy tashabbuslarni ragʻbatlantirish — hududdagi innovatsion gʻoyalar va istiqbolli tadbirkorlik takliflarini bevosita oʻrganib, ularni tijoratlashtirish va amaliyotga tatbiq etishga koʻmaklashish;
Mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish — yangi va kengaytirilayotgan loyihalarni oʻz vaqtida va manzilli moliyalashtirish orqali hududiy iqtisodiyotni harakatga keltirish.
Muloqot yakunida har bir hudud va mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqib, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha aniq choralar belgilab olindi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB — tadbirkorga yelkadosh boʻlish, yangi imkoniyatlar yaratish va har bir xonadonga barqaror daromad olib kirish yoʻlida faoliyatini izchil davom ettiradi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.