Konimexda aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish hamda mavjud muammolarga tezkor va amaliy yechim topish maqsadida Konimex tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir davomida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Voxidov hamda Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev fuqarolar va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, bank-moliya xizmatlaridan foydalanish hamda boshqa turli sohalarga oid ko‘plab murojaatlar atroflicha tinglandi.
Sayyor qabul davomida bir qator murojaat va masalalar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, joyida amaliy yechim topdi. Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mutasaddilar mas’ulligida nazoratga olindi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yakunida fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha javob hamda zarur tavsiyalar oldilar.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bank ko‘magida yangi o‘quv markazi faoliyat boshladi
BRB — shunchaki kredit beruvchi emas, tadbirkorning ishonchli moliyaviy hamkori
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.