Hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhlarning hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda.
Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar Jondor tumanida davom ettirildi. Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari O.Voxidov tumandagi mahalla bankirlari hamda hokim yordamchilari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur muloqotda joylardagi real iqtisodiy vaziyat va muammolardan eng yaxshi xabardor bo‘lgan ushbu soha vakillarining fikr-mulohazalari hamda faoliyatidagi masalalar tinglandi.
Uchrashuv yakunida hokim yordamchilari va mahalla bankirlarining tumanni yanada iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bildirgan barcha ma’lumot va takliflari to‘liq umumlashtirilib, tizimli hal etilishi uchun Respublika shtabiga yuborildi.
Barcha yangiliklar
BRB hududlarda “Mini texnologiyalar yarmarkalari” oʻtkazdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.