Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Quvasoylik tadbirkorlar tashabbuslari va yangi loyihalari muhokama qilindi

11.09.2026
5 min

Bugungi kunda bevosita Davlat rahbari tashabbusi asosida hayotga tatbiq etilayotgan islohitlar biznes muhitini yaxshilash orqali fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangicha tizimiga asos soldi.

Xususan, banklar joylarga borib, bevosita hududning o‘zida mahalliy aholi va tadbirkorlar bilan muloqot qilishi an’ana tusini oldi. Jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati ham hududlarda tadbirkorlar va tashabbuskorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish orqali ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga yechim topish va yangi loyihalarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirmoqda.

Navbatdagi ochiq muloqot bevosita bank boshqaruvi raisi ishtirokida Quvasoy shahrida o‘tkazildi. Uchrashuvda hududdagi tadbirkorlar va tashabbuskorlarning takliflari, biznes faoliyatini kengaytirishga oid rejalari hamda mavjud masalalar bevosita o‘rganildi.

Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish, istiqbolli loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bunda asosiy e’tibor har bir tadbirkorning ehtiyojidan kelib chiqqan holda yondashuvni shakllantirishga qaratildi. Xususan, moliyalashtirishga ehtiyoj sezayotgan loyihalarni aniqlash, ularning iqtisodiy salohiyatini baholash va amalga oshirish jarayonida zarur ko‘makni ko‘rsatish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Quvasoy shahrida yangi biznes tashabbuslarini rag‘batlantirish, mavjud tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish va aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha imkoniyatlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallalarning mavjud iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, hudud uchun istiqbolli bo‘lgan loyihalarni ilgari surish va ularni amalga oshirishda bankning moliyaviy instrumentlaridan keng foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot davomida bildirilgan har bir taklif va murojaat bo‘yicha mas’ullar tomonidan tegishli yondashuvlar belgilab olindi. Istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Shu bilan birga, muloqot doirasida bank rahbariyati joylarga chiqib, bir qator loyihalar bilan bevosita tanishdi. Xususan, Quvasoy shahridagi “Bog‘bon” MFY hududida faoliyat olib boruvchu “OsiyoZaminSharbati” fermer xo‘jaligida bo‘lib, 55 sotix maydonga ekilgan qorag‘at yetishtirish loyihasi ko‘zdan kechirildi. E’tiborlisi, yangi ko‘chat ikki yilda hosilga kirib, 12 yil davomida ketma-ket hosil beradi.

Loyiha tashabbuskorlari bilan sohani yanada rivojlantirish, bu yo‘lda mavjud muammolarni hal qilish va tadbirkorning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB bunday bevosita muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etgan holda, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga moliyaviy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda hududlarda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ishga solishga xizmat qiladigan loyihalarni faol moliyalashtirishni davom ettiradi.


Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.