Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Maqsad va vazifalar, ichki hujjatlar, ishonch telefoni

ATB “Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi raisi v.b.  Saxi Annaklichevning korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha murojaati

“Xalqimiz bizdan korrupsiyani yo‘q qilishni kutmoqda”.

SH.MIRZIYOYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Hurmatli yurtdoshlar!

Barchamizga yaxshi ma’lumki, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillardan biri bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solishning huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi.

Yurtimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvinining oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

Buni oxirgi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Bu boradagi islohotlarning samarasini Respublikamizning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi bo`yicha xalqaro reyting ko`rsatkichlari yildan-yilga yaxshilanib borayotganida ham ko`rishimiz mumkin.    

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar, uni keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali, profilaktik tizim yaratishning xalqaro usullarini o‘zida mujassam etgan, mukammal boshqaruvni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi  Komplaens-nazorat tuzilmasi tomonidan nomzodlarni ishga qabul qilishda va xaridlarni amalga oshirish jarayonlarida shaffoflikni ta`minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish,  vazifa va funksiyalarni bajarishda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash, baholash va bartaraf etish kabi bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bunda asosiy e`tibor har bir jarayon ustidan avtomatlashtirilgan monitoring va nazorat tizimini yo`lga qo`yishga qaratilmoqda.

Shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish va raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha bankimizning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur murojaatim orqali, yurtdoshlarimiz va bank mijozlaridan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida qonunchilikka zid xatti-harakatlar, huquqbuzarlik yoki korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘lsangiz, bankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘rayman.

Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘riladi.

Murojaatim yakunida bank tizimida faoliyat olib borayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga, o‘z boshqaruvidagi faoliyatini hamda o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishga yana bir bor chaqirib qolaman!

Murojaatingiz maxfiyligi bank tomonidan kafolatlanadi!

Siz bank xodimlarining noqonuniy harakatlari bilan yuzlashsangiz yoki bank xodimlarining korruptsiyaga olib keluvchi sabablarning guvohi bo'lsangiz, maxsus aloqa kanallarimiz orqali xabar berishingizni so'raymiz.

Bu bizga 24/7 rejimida konfidensial malumotni toplash imkoniyatini beradi. Barcha habarlar O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tog`risidagi qonun"iga muvofiq qabul qilinadi va ishlanadi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati 5.86 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari 7.23 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda manfaatlar to'qnashuvini boshqarish bo’yicha nizom 6.26 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to’g’risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko’rib chiqish reglamenti 3.38 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo’yicha yoʻriqnoma 3.06 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tartibi 2.73 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda biznes hamkorlarni tekshirishga oid yo’riqnoma 2.01 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha nizom 4.42 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda qonun buzilishlar to'g'risida xabar berish bo'yicha tartib 2.41 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBning korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimining ichki auditini o'tkazish Tartibi 2.35 MB pdf
"Biznes rivojlanish banki" korruptsiyaga qarshi boshqaruv tizimi holatiga doir hisobotning yaratilishi tartibi 2.24 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" АTBdа kontragentlarni tekshirish Tartibi (yangi tahrirda) 10.71 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring vа nazorat qilish Tartibi (yangi tahrirda) 6.31 MB pdf
KQK menejment tizimining hisobotni shakllantirish Tartibi 7.10 MB pdf
Xodimlarining etika va KQK sohasida o’qitilishini tashkil YORIQNOMA 7.17 MB pdf
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunini qoʻllash jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni bartaraf etish choralari USLUBIY QOʻLLANMA 4.31 MB pdf
Xodimlarni rag'batlantirish tartibi 2.41 MB pdf
Xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga rioya etish siyosati 24.77 MB pdf

"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda 2024 yil uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal gilishi haqida umumiy hisobot 4.05 MB pdf
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobot 1.07 MB pdf
Murojaatlar bo‘yicha 2025-yil 1-yarim yillik hisoboti 610.49 KB pdf

Сертификат Astraia ru 365.40 KB pdf
Сертификат Astraia en 349.37 KB pdf

Siz bank xodimlarining korruptsiyaga oid harakatlarga yoki bank xizmatlarini ishlatishda ortiqcha byurokratik to'siqlarga (chegaralarini buzish) duch kelsangiz, yoki bu kabi holatlarni ko’rgan bo’lsangiz, iltimos, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat eting:

Ishonch telefoni +998781505995

Telegram-bot @BRB_Antikor_bot

antikor@brb.uz

Maslahat kerakmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.