"Biznesni rivojlantirish banki" biznes uchun qulay innovatsion bank boʻlishga intilmoqda
Shahrisabz tumanida “Iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlikni oshirishda kichik va oʻrta biznes imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiya doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi.
Bank tashkil etgan “Kichik va oʻrta biznesning imkoniyatlarini oshirishda Biznesni rivojlantirish bankining tashabbuslari” nomli davra suhbatida “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” dasturi ijrosi boʻyicha erishilayotgan natijalar haqida axborot berildi.
Qayd etildiki, bank mazkur Dasturning asosiy tayanch banki sifatida tadbirkorlikni kengaytirish, xududlarda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni faol moliyalashtirib kelmoqda. Bank tadbirkorlar uchun qulay shartlarda mahsulotlar va xizmatlarni joriy etmoqda.
Tadbirlar davomida ishtirokchilar bankning “Tadbirkorga qulay bank” konsepsiyasi bilan tanishtirildi.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Shahzod Yusupov bank ilgʻor yechimlar beruvchi, biznes uchun qulay innovatsion bank boʻlishga intilayotganini taʼkidladi. Muloqotlarda ishtirok etgan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiyaning Yamagata universiteti vakillari bankning biznes rivojidagi oʻrni va hissasini alohida eʼtirof etishdi.
Shuningdek, mijozlar bank moliyaviy koʻmagida muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan loyihalari va amaliy tajribalari haqida soʻzlab berdilar.
Tadbirlarda xalqaro moliyaviy institutlari, tadbirkorlar bilan biznesni qoʻllab-quvvatlashga doir yangi tashabbuslar va yechimlar haqida oʻzaro fikr almashildi.
Bank axborot xizmati
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.