Yilning eng yaxshi yordamchi agentlari aniqlandi
Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” respublika tanlovi Respublika bosqichi yakunlandi.
14 hudud, 27 ta bank va saralash bosqichida 4 467 nafar yordamchi agent ishtirok etgan mazkur tanlovda mahalla bankirlari yordamchi agentlari o‘z loyihalari va amaliy tashabbuslari bilan taqdimotlarini namoyish etib, oʻzaro tajriba almashdi.
Ushbu bosqichda “Biznesni rivojlantirish banki”dan 11 nafar yordamchi-agent mahalla taraqqiyotiga qaratilgan o‘z loyihalarini taqdim etdi.
Shulardan bankimizning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi yordamchi agenti Elvira Sagiyeva hamda Jizzax viloyatidan ishtirok etgan Humoyun Murotov respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
Ushbu tanlov yordamchi-agentlar faoliyati samaradorligini baholash, ilg‘or tajribalarni aniqlash hamda hududlarda moliyaviy xizmatlar qamrovini yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.
“Biznesni rivojlantirish banki” nomidan hamkasblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.