Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi

07.10.2025
4 min

2025-yil 7-oktabr kuni Fargʻona shahrida “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Fargʻona viloyati bosh boshqarmasi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etildiki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla bankirlari va yordamchi agentlar faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi koʻplab yurtdoshlarimiz xonadonlariga yangicha hayot nafasini olib kirmoqda. Gʻoyalarni loyihaga aylantirish orqali aholi bandligini taʼminlashda muhim vosita bo‘lmoqda.

Birgina joriy yilning 9 oyi davomida mahalla bankirlari va yordamchi agentlar orqali Fargʻona viloyati boʻyicha jami 52 778 ta loyiha uchun tijorat banklari tomonidan 1,9 trln soʻmdan ortiq kredit ajratilgan. Jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga biriktirilgan 109 ta mahallada 34 nafar mahalla bankiri va 109 ta yordamchi agent tomonidan 400 mlrd soʻmga yaqin kredit ajratildi. Natijada 9 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi va qariyb 13 ming nafar fuqaro tadbirkorlik bilan rasman shugʻullanishni boshladi.

Maʼlumot uchun, yordamchi agentlar oʻrtasida mahallalarda bank xizmatlari ommabopligini oshirish va aholining moliyaviy savodxonligini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur tanlov 4 bosqichdan iborat. Qamroviga koʻra, 14 ta hudud, 208 tuman va shaharlarni oʻz ichiga olgan holda 9008 nafar agent ishtirokida boʻlib oʻtmoqda.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar “Men nechun agentman”, “Eng koʻp bank karta ochish soni” hamda “Yordamchi agent koʻmagida jalb qilingan mijozlar soni” kabi talablar asosida saralab olindi.

Ikkinchi bosqichda, ular “Biznesga yoʻnaltirilgan bank mahsulotlari targʻiboti”, “Firibgarlardan ogohlikka chaqirish” hamda “Omonatlar” yoʻnalishlarda saralandi.

Tanlovning dastlabki bosqichida viloyat boʻyicha jami 600 nafardan ortiq yordamchi agent ishtirok etgan bo‘lsa ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra talablarni muvaffaqiyatli bajargan 57 nafar yordamchi agent tuman miqyosida go‘lib bo‘ldi. G‘o‘liblar qimmatbaho sovgʻalar hamda pul yutuqlari bilan taqdirlandi. Ularning 19 nafari, shundan 6 nafari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB vakillari Uchinchi – viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar gʻoliblarga keyingi bosqichda muvaffaqiyat tilab, respublika miqyosida ham munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.