Yevropa moliya institutlari bilan faol hamkorlik
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlish bir bir qatorda, xalqaro moliya institutlarining ishonchli hamkoriga ham aylanmoqda. Bank xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirishga intilmoqda. Xususan, bankning Yevropa Ittifoqi xududidagi moliya tuzilmalari bilan hamkorligi yildan-yilga faollashib bormoqda.
Ayni paytda mazkur moliya muassasasi Yevropa investitsiya banki, Fransiya taraqqiyot agentligi, Kommersbank, AKA Bank, Xelaba banki, ODDO-BHF, Rayffayzenbank, UBAF kabi moliya institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
“Biznesni rivojlantirish banki” Germaniyaning Xermes va Avstriyaning OeKB kabi eksport kredit agentliklari bilan hamkorlikda investitsion loyihalarni moliyalashtirish borasida ham tajribaga ega.
Bugunga qadar bank tomonidan Yevropa investitsiya banki, Kommersbank, AKA Bank, Xelaba banki, ODDO-BHF kabi bank va moliya institutlari bilan 110 mln yevrodan ortiq kelishuvlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD), Rayffayzenbank, UBAF kabi hamkorlar bilan 56 mln yevro miqdoridagi kelishuvlarni amalga oshirish boshlangan.
Mazkur hamkorlik doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan tadbirkorlik tashabbuslari, shu jumladan, ayollar tadbirkorligi qoʻllab-quvvatlanadi va xalqaro savdo shartnomalarni moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi hamda KFW kabi taraqqiyot banklarining koʻmagida bank amaliyotining xalqaro tajribasini joriy qilish, tadbirkorlarni oʻqitish va ular uchun treninglar tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, “Biznesni rivojlantirish banki” 2023-yilda sobiq ATB “Qishloq qurilish bank” negizida qayta tashkil etilgan. Samarali menejment natijasida bankning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanmoqda.
Xususan, 2025-yil 1-aprel holatiga, bankning kredit qoʻyilmalari 22 trln. 530 mlrd. 800 mln. soʻmga yetdi.
Joriy yilda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan barcha manbalar hisobidan 10 trln 400 mlrd soʻmlik kreditlar ajratish reja qilingan.
Bank mahallabay ishlash tizimi doirasida 279 ming nafar aholi bandligini taʼminlashni koʻzlamoqda. Bunda 115 ming nafar aholi doimiy ishga joylashtiriladi va 164 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilinadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Axborot xizmati bayonoti
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.