Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank yaponiyalik hamkorlar bilan yangi loyihaga kirishdi

12.08.2024
2 min

Bugun "Biznesni rivojlantirish banki", Yaponiyaning Yamagata prefekturasi hukumati va Yamagata universitetining tadbirkorlik ta’limi va tadqiqotlari markazi o‘rtasida Toshkent viloyatida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan «Yori-I» loyihasini Anglashuv memorandumini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Yori-I» loyihasining asosiy maqsadi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasida viloyatda mahalliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashdir. Bu o‘z navbatida, yangi bizneslarni yaratish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.

Loyiha Yamagata universiteti rahbarligida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC) texnik ko‘magi ishtirokida "Biznesni rivojlantirish banki" hududiy markazlarida va Toshkent viloyati hokimiyati moliyaviy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Memorandum almashinuv marosimi tomonlarning uzoq muddatli hamkorlikka va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Ushbu marosim loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka yo‘l ochib, Toshkent viloyatining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.