Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Yangiyo‘lda seminar o‘tkazildi

07.03.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Yangiyo‘l-agrostar” kompaniyasining tomorqachilik maktabida aholining tomorqa yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish borasidagi yangiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevralda qabul qilingan “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zagrostar holding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, seminarda tumandagi hokim yordamchilari va mahalla bankirlariga aholining tomorqadan samarali foydalanishiga qaratilgan  ishlarni tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.