Yangiyer bank xizmatlari markazi yangi binoda ish boshladi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mamlakatimizda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi va biznes vakillarining bank xizmatiga boʻlgan talabini qondirishda yetakchi moliya muassasalaridan biridir.
Bank Boshqaruvi mijozlarga qulayliklar yaratish va ularga zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatish maqsadida qator loyihalarni amalga oshrib kelmoqda.
Joriy yilning 15-avgust kuni foydalanishga topshirilgan Yangiyer bank xizmatlari markazining yangi binosi ana shunday xalqchil loyihalarning navbatdagisi boʻldi.
Zamonaviy arxitektura asosida qurilgan bino Yangiyer shahri A.Jomiy MFY A.Temur koʻchasi 6-uy manzilida qad rostladi. Endi shahar aholisi va tadbirkorlari barcha moliyaviy xizmatlardan shu yerning oʻzida, qulay va tezkor tarzda foydalanishlari mumkin.
Bino ochilish munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganidek, ushbu bank xizmatlari markazi biznes vakillari va aholi uchun bank-moliya sohasida qulayliklar yaratishda muhim ahamiyatga ega. Bu markaz Yangiyer iqtisodiy hayotining yangi nafasi, biznes va aholi uchun yangi imkoniyatlar eshigidir.
Zamonaviy meʼmorchilik asosida qurilgan bino tashqi koʻrinishi bilan ham, ichki qulayliklari va innovatsion yechimlari bilan ham ajralib turadi. Keng va yorugʻ qabul zali, zamonaviy jihozlar, elektron navbat tizimi, xavfsizlik kameralari va himoya uskunalari mijozlarga ishonch va huzur bagʻishlaydi.
Markazda mijozlar barcha turdagi bank xizmatlaridan – naqd pul operatsiyalari, toʻlovlar, kredit va omonatlardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, investitsiya loyihalari, raqamli bank yechimlari (mobil ilova, onlayn-kassa, plastik kartalar) va biznes uchun ekspress-konsultatsiya kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.
Yangiyer bank xizmatlari markazi – mijozlar moliyaviy masalalarini hal qilish uchun yangi manzil, ishonchli hamkor va vaqtini tejaydigan hal qiluvchi nuqta.
Biznesni rivojlantirish banki – moliyaviy imkoniyatlar kaliti!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi

Diqqat, Profilaktika!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.