Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Yangi xodimlar uchun “Welcome trening” o‘quv seminari o‘tkazildi

08.10.2025
3 min

2025-yil 6-7-oktabr kunlari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan bank tizimiga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun “Welcome trening – bankda ishlashning ilk qadamlari” mavzusida o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur trening bankning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi doirasida, Inson resurslarini boshqarish departamentining 2025-yil uchun belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq, yangi xodimlarni ish muhitiga tez va samarali moslashtirish, ularning professional o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bank missiyasi va qadriyatlarini chuqur anglashlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Trening doirasida ishtirokchilarga bankning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ichki tartib-qoidalari, korporativ madaniyati, xodimlar uchun belgilangan me’yorlar va ishdagi etik talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Trening mashg‘ulotlari orqali yangi ish boshlagan xodimlarning bank tizimiga samarali integratsiyasi, jamoaga moslashuvi va ish faoliyatini ishonch bilan boshlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

O‘quv trening mashg‘ulotlari bank O‘quv markazida o‘tkazildi. Mazkur treninglarda bankning tegishli departament rahbarlari, hududiy boshqarmalar, bank xizmatlari ofislari (BXO) va bank xizmatlari markazlari (BXM) boshqaruvchilari faol ishtirok etdi.

Xususan, Komplaens nazorat departamenti mutaxassislari maxsus o‘quv dastur asosida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda tizimda shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha ma'ruza qildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB yangi ish boshlagan har bir xodim o‘z kasbiy faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishi uchun ularni doimiy qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.