Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Yangi avlod bankirlari tanlab olindi

11.04.2025
3 min

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB yuqori malakali kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida "Ish o'rganuvchilik" loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.

Loyiha doirasida 2025-yilning 4-5 aprel kunlari Farg'ona poliexnika universiteti va Qo'qon universitetida iqtisodiy yo'nalish talabalari o'rtasida viloyatdagi bank xizmatlari ofislari va markazlarida "Ish o'rganuvchi" sifatida faoliyat yuritish uchun tanlov o'tkazildi.

Tanlov jarayonida talabalarning bilimlari, xususan, bank ishi, moliya va iqtisodiyot sohalaridagi nazariy va amaliy bilimlar darajasi baholandi. Shuningdek, talabalarning xorijiy tillarni bilish darajasi, analitik fikrlash qobiliyatlari, muammolarni tez va samarali hal etish ko'nikmalari, jamoada ishlash qobiliyati va mijozlar bilan muloqot qilish sifatlari ham sinovdan o'tkazildi.

Farg'onadagi ikki nufuzli universitet talabalari ishtirok etgan tanlovda jami 100 ga yaqin talaba o'z kuchini sinab ko'rdi. Natijada, yuqori ko'rsatkichlarga erishgan va bank talablariga to'liq javob bergan 9 nafar eng salohiyatli talaba "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning "Ish o'rganuvchilik" loyihasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB yosh kadrlarni qo'llab-quvvatlash va ularning o'sishi uchun zarur sharoitlarni yaratish orqali bank tizimining rivojlanishiga hissa qo'shishga intiladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.