Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Yana bir tanlov g‘oliblari aniqlandi

17.09.2024
3 min

2024-yil 16-sentabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” АTB tomonidan "BRB Fintech Hackcelerator" – IT tanlovi g‘oliblarini taqdirlash maʼrosimi o‘tkazildi

O‘zbekistonda IT-biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar yaratish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan mazkur loyihaning yakuniy tadbiri IT konferentsiya ko‘rinishida tashkil etildi.

Unda IT sohasining yetakchi vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, fintexning istiqbollari haqida suhbatlar o‘tkazildi.

Sovrin jamg‘armasi 300 mln. so‘m bo‘lgan ushbu xakaton uchun 200 ta jamoadan arizalar qabul qilindi. Ulardan, jami 206 ta aʼzosi bo‘lgan 47 ta jamoa tanlab olindi.

Bir oy davomida jamoalar yetakchi mentorlardan maslahat va ko‘rsatmalar olgan holda intensiv ishlarni olib borishdi, o‘z loyihalarini takomillashtirish ustida ishlashdi.

Bu borada samarali ishlagan jamoalar saralash bosqichlaridan o‘tdi va 10 ta jamoa finalga yo‘llanma oldi. Tadbirda mazkur loyilar taqdimotlari ham o‘tkazildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rinni olgan jamoalariga mukofotlar topshirildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekistonda IT-biznesni, startaperlarni va dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat. Bank tomonidan "BRB Fintech Hackcelerator"ni har yili o‘tkazish hamda tajriba almashish va innovatsion mahsulotlar yaratish uchun o‘ziga xos maydonga aylantirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu Xakaton Amity universiteti, Yandex Uzbekistan, O‘zbekiston IT hamjamiyati va Veon AdTech kabi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.


                                                                                                       Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.