XOTIN-QIZLAR XAVFSIZLIGI BOʻYICHA TARGʻIBOT TADBIRI
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh ofisi majlislar zalida “Ayollar xavfsizligi: oflayn va onlayn zoʻravonlikka chek qoʻyamiz” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” doirasida tashkil etilgan tadbirda Shayxontohur tumani hokimligi, tegishli soha mutaxassislari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda bank xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Oybek Vohidov kirish soʻzi bilan ochib, bugungi texnologiyalar rivojlanishi davrida zoʻravonlik ham oʻz shaklini oʻzgartirayotganiga alohida eʼtibor qaratdi. Shundan kelib chiqqan holda, bankda xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlash, gender tengligi masalalari yoʻnalishida zamonaviy talablarni inobatga olgan holda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Shayxontohur tumani hokimi oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Ziyoda Tohirova oʻz chiqishida ayollarga nisbatan zoʻravonlikning bugungi holati, unga qarshi kurashish boʻyicha tumanda amalga oshirilayotgan qoʻllab-quvvatlash dasturlari haqida batafsil maʼlumot berdi. Shu bilan birga, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Farhod Akbarov ham zoʻravonlik holatlarida jabrlanuvchilarni huquqiy muhofaza qilish mexanizmlari va imkoniyatlari haqida maʼruza ildi.
Tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Charos Gʻaniyeva tomonidan internetda shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish, firibgarlik holatlarida qanday huquqiy choralar koʻrish mumkinligi, kiberxavfsizlik qoidalari haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Shayxontohur tumani IIB faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Dilbar Rahmatova esa, tezkor yordam olish kanallari va amaldagi profilaktika ishlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar berdi.
Alohida qayd etildiki, yurtimizda ayni masalaga davlat siyosati darajasida ustuvorlik berilayotgani ortidan, soʻnggi yillarda umumiy miqyosda ahvol sezilarli yaxshilanishiga erishilgan. Xususan, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi bevosita oʻrni mustahkamlanishi ortidan rahbarlik va boshqa masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan ayollar soni oshib bormoqda.
Biroq, bu boradagi islohotlarni toʻla anglab yetmaslik, mohiyati va ahamiyati haqida yetarlicha bilimga ega boʻlmaslik ortidan, ayrim jabhalarda hamon muammolar yoki salbiy holatlar koʻzga tashlanib turibdi. Oʻtkazilayotgan Gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” doirasidagi tadbirlardan koʻzlangan bosh maqsad ham aynan bu boradagi bilimlarni yanada kengroq ommalashtirishdan iboratdir.
Shundan kelib chiqqan holda, tadbir davomida ishtirokchilarga onlayn va oflayn xavfsizlik boʻyicha muhim xulosalar, ayollarni himoya qilish, ish joyida xavfsiz, sogʻlom va tenglikka asoslangan muhit yaratish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.
Oʻz navbatida, tadbir ishtirokchilari tomonidan mutasaddilarga mavzu yuzasidan berilgan qator savollar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Barcha yangiliklar
“Milliy libos – millat iftixori” chellenji poytaxtda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.