Xotin-qizlar loyihalari uchun qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. (PQ-96-son 07.03.2025)
Qaror maqsadi – xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish.
Unga ko‘ra, 2025-yilda xotin-qizlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 mln AQSH dollari yo‘naltiriladi.
Mazkur mablag‘larning bir qismi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Shuningdek, yana bir qismi tijorat banklari tomonidan “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan jalb qilinadi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 7 yil muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida jami 100 mln AQSH dollari ekvivalentida, shundan 35 mln AQSH dollar kredit resurslari “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga ajratiladi.
Tijorat banklari “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 million AQSH dollari jalb qiladi.
Xotin-qizlarning loyihalarini moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga ajratilgan mablag‘lar hisobidan “HAMROH” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kreditlar ajratiladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.