Xodimlari o‘rtasida Hududlararo spartakiada o‘tkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Hududlararo spartakiada – 2025” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Tadbir joriy yilning 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tib, unda bosh bank, hududiy boshqarmalar, bank xizmatlari ofislari (BXO) hamda bank xizmatlari markazlari (BXM) jamoalari ishtirok etdi.
Spartakiada doirasida xodimlar mini-futbol, badminton, tennis, stol tennisi, voleybol va suzish sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviyligi va sportdagi irodasini namoyon etdi. Musobaqa yakunida eng yaxshi jamoalar hamda sportchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur spartakiada nafaqat musobaqa, balki bank xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda do‘stona muhitni rivojlantirishga xizmat qilgan bayramona tadbir bo‘ldi.
Bank axborot xizmati
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.