Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Ommaviy tadbirlar

Bank xodimlari “Uzbekistan Ethno Games” festivalida

15.05.2026
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi “Uzbekistan Ethno Games” festivalida munosib ishtirok etdi.

Joriy yilning 15-may kuni poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy bog‘da milliy qadriyatlarimiz va sport an’analarini o‘zida mujassam etgan “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–259-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sport vazirligi, O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Festival doirasidagi qizg‘in bahslarda bank xodimlari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy birdamligini ko‘rsatishdi. Xususan, bankning erkaklar jamoasi tosh ko‘tarish musobaqalarida matonat ko‘rsatgan bo‘lsa, xotin-qizlar jamoasi arqon tortish musobaqalarida o‘zaro birdamlik va g‘alaba yo‘lidagi irodasini namoyon etdi.

Ushbu tadbir nafaqat sport musobaqasi, balki davlat idoralari, tijorat banklari va yirik korxonalar xodimlari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim maydon vazifasini o‘tadi. Milliy va xalq o‘yinlari (etnosport) orqali xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatni oshirish maqsad qilingan.

Ta’kidlash joizki, bunday korporativ sport tadbirlari bank xodimlarining ish samaradorligini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish va mehnat qobiliyatini tiklashda katta ahamiyatga ega. “Biznesni rivojlantirish banki” kelgusida ham o‘z xodimlarining jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi tashabbuslarda ishtirok etishda davom etadi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.