Faxriylar – e'zozda!
Yurtimizda inson qadri, uning xotirasi va keksa avlod vakillariga bo‘lgan ehtirom yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati va mas’ul xodimlari poytaxtimizning Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylari xonadonlariga tashrif buyurdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakatimiz taraqqiyoti, bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish hamda ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iborat.
Tashrif davomida bank mas’ullari faxriylar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, ularning sog‘lig‘i va turmush sharoitlari bilan qiziqdilar. Nuroniylarimiz o‘zlarining hayot yo‘llari, urush ortidagi mashaqqatli mehnatlari va bugungi kunda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar haqida so‘zlab berdi.
Tadbir doirasida bank tomonidan faxriylarga esdalik sovg‘alari, kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Keksalarimizning duosini olish, ularning ko‘nglini ko‘tarish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Ularning hayotiy tajribasi va fidoyiligi yosh avlod uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy va xayriya tadbirlari bankning korporativ ijtimoiy mas’uliyati doirasida davom ettirilmoqda.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Talabalar bilan uchrashuv va ta’lim jarayonlari bilan tanishuv
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.