8-mart: e’tibor, ehtirom va bayramona kayfiyat...
“Biznesni rivojlantirish banki”da 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bank tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tongi ko‘tarinki ruhda bank xotin-qizlarini gullar va samimiy tabriklar bilan qarshi olishdan boshlandi. Ularning mehnati va fidoyiligi e’tirof etilib, jamoada iliq va samimiy muhit yaratildi.
Tadbir davomida xotin-qizlar sha’niga bag‘ishlangan quvnoq kuy-qo‘shiqlar yangrab, bayramona kayfiyat yanada yuksaldi. Musiqa sadolari ostida bank jamoasidagi nozik xilqat vakilalari raqsga tushib, tadbirga o‘zgacha shukuh va quvonch bag‘ishladilar.
Mazkur tadbir bank jamoasida xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning, ularning fidokorona mehnati hamda jamiyat rivojidagi muhim o‘rniga berilayotgan yuksak qadriyatning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
“Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi barcha aziz va mo‘tabar xotin-qizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt, farovonlik va ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Barcha yangiliklar
TDIU talabalari uchun karyera imkoniyatlari
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.