Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha trening o‘tkazildi

23.05.2025
2 min

Biznesni rivojlantirish bankida navbatdagi ishga yangi qabul qilingan xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida maxsus o‘quv-trening o‘tkazildi. Ushbu tadbirda ishtirokchilar bankning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablari, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar faoliyati davomida duch kelishi munmkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, moliyaviy tizimda halollik va shaffoflikni ta’minlashning ahamiyati haqida bilim oldilar.

Bundan tashqari, xodimlarga korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun professional axloq qoidalari va qonuniy talablar bilan tanishuvchi amaliy misollar ham ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar savol-javoblar orqali murakkab holatlarni tahlil qilishdi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar haqida mulohazalar almashishdi. Bank rahbariyati ushbu treninglarni muntazam ravishda o‘tkazib turish orqali xodimlarning xushmuomalalik va qonuniy tartibga rioya qilish madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishini ta’kidladi.

Ushbu tashabbus bankning halollik va ishonchliligini oshirish, shuningdek, mijozlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.