Xodimlar "Adolat fasli" spektaklida
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB jamoasi buyuk sohibqiron Amir Temurning 689 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan "Adolat fasli" spektaklini tomosha qildi.
Ushbu spektakl buyuk ajdodimizning adolatparvarligi, dono siyosati va mustahkam irodasini yorqin aks ettirgan bo'lib, Temuriylar davrining shonli sahnalari, xalq taqdiriga befarq bo'lmagan rahbar obrazi, yurtga muhabbat va adolat g'oyalarini o'zida mujassam etgan. Spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB o'z faoliyatida Amir Temur bobomizning adolat, halollik va xalq manfaati yo'lida xizmat qilish tamoyillariga amal qilishga intiladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.