Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Xalqaro sertifikatli o‘quv markazlari tashkil etiladi

17.10.2025
3 min

Aholi bandligini ta’minlash va yuqori daromadli mehnat bilan band qilish yo‘nalishida izchil ishlar olib borayotgan “Biznesni rivojlantirish banki” xalqaro standartlarga mos kasb-hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘ymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 16-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida, bank Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona va Andijon viloyatlarida xalqaro sertifikat beruvchi o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha Hamkorlik memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida:

  • Marg‘ilon shahrida — payvandlash (svarshik) sohasiga ixtisoslashgan o‘quv markazi;

  • Andijon tumanida — kara yuk ko‘tarish mashinalari haydovchilarini tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Ushbu markazlarda o‘quv jarayonlari ISO 9606 xalqaro sertifikatlash standartlari asosida tashkil etilib, o‘quvchilar xalqaro darajadagi malaka sertifikatlarini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi. Sertifikat olgan bitiruvchilarni xorijdagi yuqori maoshli korxonalarda ishga yo‘naltirish orqali ularning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Markazlarda ta’lim jarayonining 30 foizi nazariy, 70 foizi amaliy shaklda olib boriladi. Bu esa xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.

Shuningdek, markazlarda payvandlash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy malakasini xalqaro darajada baholash tizimi ham joriy etiladi. O‘quv kurslari 3–6 oy davom etib, yiliga 800 nafar o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish imkoniyati yaratiladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus mamlakatimizda aholi bandligini oshirish, xorijiy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.