Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Toshkent viloyati ma’muriy markazi Nurafshon shahrida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
Bankning Nurafshon bank xizmatlari ofisida tashkil etilgan tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Toshkent viloyat prokuraturasi va bosh bank masʼullari, bankning Toshkent viloyat xududiy boshqarmasi rahbariyati soʻzga chiqib, bank tizimida korrupsiyani oldini olish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Tadbir davomida Prokuratura organlari mutasaddilari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga jazo muqarrarligi haqida toʻxtalib, respublika bank tizimida korrupsiyaga oid uchrayotgan salbiy holatlar haqida soʻzlab berdi.
Shuningdek, davra suhbatida 24/7 rejimda faoliyat yuritayotgan mavjud aloqa kanallari orqali korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xabar berish tartibi haqida ham taqdimot oʻtkazildi.
Maʼruzalarda raqamli xizmatlarning tatbiq etilishi natijasida bankda inson omili va korrupsiya xavfi darajasi kamayib borayotgani ham taʼkidlandi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
“Milliy libos – millat iftixori” chellenji poytaxtda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.