Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni oldidan davra suhbati o‘tkazildi

26.11.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yangiyo‘l bank xizmatlari markazida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

A group of people in business attire are seated around a large, curved wooden table in a meeting room.Tadbirda Yangiyo‘l shahar Prokuraturasi vakillari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruza va tushuntirishlar berdi.

Shunuingdek, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uni oldini olishda davlat organlari va jamiyatning o‘rni, shuningdek, bank tizimidagi shaffoflik va halollik tamoyillarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Prokuratura xodimlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning huquqiy javobgarligi, xodimlar uchun mavjud tartib-qoidalar va murojaat qilish mexanizmlari haqida ham tushunchalar berdi.

A group of people in business attire are seated around a long wooden table in a meeting room with blinds on the windows and framed pictures on the wall.Davra suhbati jarayonida bank xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib va amaliy misollar asosida tushuntirishlar oldi.

Bu kabi tadbirlar “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda halollik, shaffoflik va korporativ madaniyatni mustahkamlashga, korrupsiyaga qarshi kurashda xodimlar bilimini oshirishga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.