Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Vatan himoyachilariga ehtirom: bankda tantanali tadbir o‘tkazildi

14.01.2026
2 min

14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida bank jamoasida faoliyat yuritayotgan, o‘zining mardligi, jasorati, fidoyiligi va mas’uliyati bilan ajralib turadigan xodimlar samimiy qutlovlar bilan tantanali kutib olindi.

Ularning mehnat faoliyatida namoyon etayotgan vatanparvarlik fazilatlari, kasbiy sadoqati va jamoa taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Bank rahbariyati tomonidan Vatan himoyachilarini sharaflash, ularning xizmatlarini qadrlash va yoshlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Tadbir yakunida xodimlarga ezgu tilaklar bildirilib, tinchlik, barqarorlik va yurt ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan fidokorona mehnatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi Vatan himoyachilarini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xizmat faoliyatida yuksak zafarlar tilaydi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.