Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Uzumchilik va agroturizm rivojlantirilmoqda

27.03.2025
2 min

Lider tadbirkorlar bilan uchrashuv

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi mas'ullari “Buxoro Agro Frukt” MCHJ ga qarashli 55 gektar maydonda barpo etilgan uzumzorda bo‘lishdi.

Turkiyalik agronom Mehmet Reshit Demir hamda “Quva-Agrostar” va “Oltiariq-Agrostar” ixtisoslashgan kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida tajriba almashish tadbiri o‘tkazildi.

Unda Buxoro tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, shuningdek, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Buxoro viloyat filiali vakillari o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi.

Uzumchilikdagi innovatsion yondashuvlar

Hozirda, “Buxoro Agro Frukt” MCHJ tomonidan 25 gektar uzumzorda shpaller o‘rnatish, "Voish" usuliga o‘tkazish, eski tok daraxtlarini “Avatar”, “Manikur Finger” kabi yangi navlarga payvand qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangi "Agroturizm kompleksi" loyihasi ishlab chiqildi

“Buxoro Agro Frukt” MCHJ tomonidan 2025-2026 yillarda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Agroturizm kompleksi" quyidagi xizmatlarni o‘z ichiga oladi:

✅ Milliy uslubdagi terassali choyxona

✅ Mehmonlar uchun o‘tov va hovuz atrofida ayvonlar

✅ Hayvonot bog‘i va baliq ovlash maskani

✅ Bolalar o‘yin maydonchasi va dam olish hududi

✅ Agroturizm hayvonlarini parvarish qilish va bog‘dorchilik mahsulotlari yarmarkasi

Shuningdek, Buxoro tumanidagi uzumni qayta ishlash quvvatlari ham o‘rganildi.

Manba

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.