Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Uzbek Import Fair 2025” — Yangi Imkoniyatlar Maydoni

07.10.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” joriy yilning 7–9-oktabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor o‘tkazilayotgan “Uzbek Import Fair 2025” I-xalqaro ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – yuqori darajada import qilinayotgan mahsulotlar to‘g‘risida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga aniq axborot berish, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish va ichki bozor imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

“Biznesni rivojlantirish banki” ko‘rgazma doirasida o‘zining strategik yo‘nalishi sifatida ishlab chiqarish sohasidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish, tadbirkorlarni import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga jalb etish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini taqdim etmoqda.

Bank stendida mehmonlar va ishtirokchilarga:
🔹 Moliyalashtirish imkoniyatlari,
🔹 Kredit liniyalari va investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari,
🔹 Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun maxsus takliflar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.

“Uzbek Import Fair 2025” — bu nafaqat importni qisqartirish, balki zamonaviy sanoat rivoji, kooperatsiyani kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar maydonidir.

Biznesni rivojlantirish banki barcha tadbirkorlarni o‘z hamkoriga aylanishga, yangi g‘oyalar va loyiha tashabbuslarini birgalikda hayotga tatbiq etishga chorlaydi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.