“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyat boshladi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan yangicha tizimga asos solindi. Mazkur muhim hujjatlarning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi ustavi, tashkiliy tuzilmasi va rahbariyati tasdiqlanib, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Xududlarda kompaniyaning 10 ta Loyiha ofislari tashkil qilindi.
Shuningdek, 6 ta ixtisoslashgan kompaniyalarning ustavi, tashkiliy tuzilmasi va rahbarlari tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Hozirda ixtisoslashgan kompaniyalarni tijorat banklariga ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha hujjat loyihalari ishlab chiqilgan.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi yangi tuzilgan Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha Kengashning ham raisi etib tasdiqlandi. Shundan kelib chiqib bankning markaziy idorasida Tomorqa biznesini rivojlantirish departamenti va hududlarda tegishli boʻlim va shoʻbalar tashkil etilib, malakali xodimlar bilan butlandi.
Kuni kecha “Yangiyoʻl Agro star” MCHJga qamrab olinadigan tuman sifatida biriktirilgan Asaka tumanida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kengash va “Uzagrostar xolding” kompaniyasi rahbariyati ishtirokida amaliy muloqotlar oʻtkazildi.
Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi qishloq xoʻjaligi va tabiat resurslari masalalari boʻyicha katta iqtisodchisi Leonard Leung, xalqaro ekspert-agronomlar - Marina Stankovich (Serbiya), Chingiz Yalchin (Turkiya) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot yakunida hududlarda mazkur xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Joriy yil 24-fevral kuni Kengash aʼzolari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamkorligida “Qishloq xoʻjaligidagi bilim va innovatsiyalar markazi”da qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan aholi tomorqalari va ijara yer maydonlarida “Xonadonbay” usulida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. Tadbir davomida respublikadagi yetakchi olim va agronomlarni tanlab olingan yoʻnalishlarga biriktirishga kelishib olindi.
Joylarda belgilangan vazifalar boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida “Uzagrostar xolding” kompaniyasida ixtisoslashuvdan kelib chiqqan holda tegishli tijorat banklari mutaxassislaridan iborat doimiy ishlovchi Guruh faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Jarqo‘rg‘on bank xizmatlari markazida milliy libos chellenji

Masofaviy xizmatlar kengayib bormoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.