BRB va Wildberries hamkorligida amaliy biznes-uçraşuv ötkazildi
“Biznesni rivojlantiriş banki” ATB hamda dunyoning yirik elektron tijorat platformalaridan biri — “Wildberries” xalqaro marketpleysi hamkorligida mahalliy işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar uçun “WILDBERRIES va Özbekiston işlab çiqaruvçilari” mavzusida maxsus amaliy biznes-uçraşuv taşkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — mamlakatimizdagi kiçik va örta biznes vakillarini elektron tijoratning zamonaviy vositalari bilan yaqindan taniştiriş, mahalliy mahsulotlarni nafaqat içki bozorda, balki MDH va boşqa xorijiy mamlakatlar bozorlarida keng tarğib qiliş hamda tadbirkorlarning eksport salohiyatini oşirişdan iborat böldi.
Uçraşuv davomida “Wildberries” mutaxassislari tomonidan platformaning bugungi imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda 10 ta mamlakatda faoliyat yuritayotgan va kuniga 20 milliondan ortiq buyurtmalarni amalga oşirayotgan uşbu marketpleys özbekistonlik işlab çiqaruvçilar uçun ulkan savdo maydoniga aylanmoqda. Xususan, 2026-yilning 8 oyi (yanvar–avgust) yakunlariga köra, Özbekiston içki bozorida platforma orqali savdo aylanmasi ötgan yilning mos davriga nisbatan 45 foizga ösgan. Şu bilan birga, özbekistonlik sotuvçilarning eksport hajmi yildan-yilga 450 foizga oşib, Qozoğiston (+448%), Rossiya (+235%), Armaniston (8 baravar) va Belarus (7 baravar) kabi bozorlarda yuqori natijalar qayd etilmoqda.
Tadbir iştirokçilariga mahalliy brendlarni tizimli qöllab-quvvatlaşga qaratilgan maxsus “Ösiş platformasi” (Platforma rosta) dasturining afzalliklari ham taqdimot qilindi. Mazkur 1 yillik (4 bosqiçli) dastur doirasida işlab çiqariş mahalliylaştiriş darajasi 50 foizdan yuqori bölgan va öz savdo belgisiga ega mahalliy tadbirkorlarga şaxsiy menejer hamrohligi, maxsus öquv kurslari hamda taşqi reklama va marketing vositalari taqdim etiladi. Hozirda Özbekistondan 92 ta işlab çiqaruvçi uşbu dasturda iştirok etayotgan bölib, ularning yillik ösiş körsatkiçi örtaça 132 foizni taşkil etmoqda.
Bundan taşqari, uçraşuvda tadbirkorlarga logistika va hamkorlikning qulay modellari (FBW — WB ombori orqali, FBS — marketpleys, DBS — peştaxta va Click&Collect), Özbekistonda işga tuşirilgan yirik logistika ombori hamda 1 400 dan ortiq buyurtma topşiriş punktlari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Oçiq muloqot va savol-javoblar ruhida ötgan biznes-uçraşuv yakunida iştirokçilar öz mahsulotlarini xalqaro elektron savdo maydonçasiga olib çiqiş, moliyaviy va taşkiliy masalalarni hal etiş yuzasidan bevosita bank va marketpleys ekspertlaridan individual maslahatlar oldilar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.