BRB kreditlari endi TadbirCore platformasida
“Biznesni rivojlantirish banki” (BRB) tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada soddalashtirdi. Endilikda biznes vakillari bankning kredit takliflari bilan tadbircore.uz raqamli platformasi orqali tanishishlari va onlayn ariza yuborishlari mumkin.
Mazkur yangilik tadbirkorlarga bank ofisiga bormasdan, vaqtni tejagan holda moliyaviy resurslarni tezkor jalb qilish imkonini beradi. Platformada BRB kredit mahsulotlarining jamlanishi biznes egalariga o‘z faoliyat yo‘nalishi va ehtiyojlariga mos kredit turini masofadan turib tanlash hamda qulay shartlarda murojaat qoldirish sharoitini yaratadi.
Kredit takliflaridan foydalanish uchun tadbircore.uz platformasiga kirib, o‘zingizga mos kredit turini tanlash kifoya.
Qo‘shimcha ma’lumot va savollar uchun:
Telefon: 71-200-80-00
Telegram orqali qo‘llab-quvvatlash: @tadbircorebot
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.