Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

U-HOPE 2025: Nukusda xalqaro innovatsion dasturga start berildi

27.08.2025
5 min

2025-yil 25-avgust kuni Nukus shahrida “Yori-I” loyihasi doirasidagi “U-HOPE 2025” innovatsion dasturi Qoraqalpog‘istonda start olishiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Yaponiyaning Yamagata universiteti professorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) mas’ullari, mahalliy tadbirkorlar, mentorlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, “Biznesni rivojlantirish banki” АTB “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tadbirkorlarni o‘qitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etish va bu borada Yaponiyaning yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, Davlat rahbarining joriy yil 27-yanvardagi PF-10-sonli Farmonida yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar orasidan 50 nafar mentorni tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

“Yori-I loyihasi doirasidagi U-HOPE 2025 START” loyihasi aynan mazkur bosqichdagi ishlar rasman boshlanganligini anglatadi.

Ushbu vazifa ijrosi doirasida joriy yilda Yamagata universitetining yuqori baholangan tadbirkorlikni o‘qitish dasturi (Yori-I) ga asoslangan dastur asosidagi mashg‘ulotlar:

- Boshqaruv bo‘yicha amaliy nou-xauni egallash.

- Innovatsiyalarni ilgari surish

- Yangi biznes yaratishni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda olib boriladi va yakunda Qoraqalpog‘istonda yana 50 ta mentor tayyorlanadi.

Dastur ishtirokchilarda ma’ruzalar, seminarlar va murabbiylik orqali muammolarni hal qilishning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy tadbirkorlik muhitini yanada jonlantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishga olib keladigan tashabbus ekani bilan ahamiyatlidir.

Yangi – “Yori-I loyihasi doirasidagi U-HOPE 2025 START” ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan ushbu loyihaning hududda ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy iqtisodiy taraqqiyotga erishish hamda tadbirkorlikka ilg‘or tajribalarni joriy qilish, hududning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishdagi amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etildiki, mentorlar tayyorlash va mahalliy tadbirkorlarni o‘qitish borasida “Biznesni rivojlantirish banki” АTB va Yamagata universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari izchil ravishda, ko‘zda tutilgan muddatlarda asosiy maqsaddan og‘ishmagan holda bajarib kelinmoqda.

Bu esa, yurtimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va aholi bandlik darajasini oshirishga qo‘shilayotgan munosib hissadir.

Zero, “Yori-I loyihasi doirasidagi U-HOPE 2025 START” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar faol start oldi va bir necha bosqichda bilim olgan, sinovlardan o‘tib mentorlik talablarini a’lo bajargan yangi, mahalliy tadbirkorlar tarafidan o‘tkazilishi kelgusida yanada ko‘plab tadbirkorlarni Yaponiya tajribasi asosida o‘qitish imkoniyatlarini sezilarli ravishda oshiradi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.