Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Train the Trainers” – mashg‘ulotlari tashkil etildi

17.10.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘quv markazida Kichik, o‘rta va korporativ biznes tarkibiy tuzilmalardagi malakali xodimlaridan iborat “trenerlar” guruhi uchun tshkil etilgan to‘rt kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan “Biznesni rivojlantirish Banki” ATBda mikro, kichik va o‘rta biznes segmenti transformatsiyasi to‘g‘risida erishilgan kelishuv doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarni malakali trenerlar olib borishdi.

Maqsad, bank Boshqaruvining 2025-yil 21-fevraldagi №22-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan mikro, kichik va o‘rta biznesning operatsion modelini yaratish va uni amaliyotga joriy etishga oid loyihani amalga oshirishdan iborat.

Sotuvni yaxshilashga qaratilgan mazkur loyihada belgilangan vazifalarni samarali bajarish, bankdagi sotuv funksiyalarini takomillashtirish orqali daromad hamda mijozlar sonini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari qizg‘in va ishchan ruhda bo‘lib o‘tdi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.