Tomorqachilikka yangicha yondashuv
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va “Yangiyol-Agrostar” MCHJ hamkorlikda tomonidan tumandagi aholi tomorqalari va yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 102 mln 400 mingta pomidor va bulg‘or qalampiri ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun issiqxonalarda yetishtirilgan 262 mln 640 mingta ko‘chatdan foydalanish imkoni mavjud.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish uchun "Biznesni rivojlantirish banki" ATB bilan hamkorlikda 3 nafar xorijiy mutaxassis jalb qilindi.
Shuningdek, tumandagi "Xo‘jaobod", " Olmazor", "Xalqobod", " Niyozboshi" hamda "Epkendi" mahallalarida maxsus konteynerlar o‘rnatimoqda. Ishning ilk qadamlari “Xo‘jaobod” mahallasidan boshlandi.
Bir konteynerda mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi agronom hamda mahalla bankiri fuqarolarga ko‘maklashsa, ikkinchisida mahsulot yetishtirishda agrotexnik tadbirlar uchun arzon turdagi mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar sotilyapti.
Shu yerning o‘zida soha vakillari uchun amaliy seminar ham tashkil etildi.
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.